15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 04:28
Jamiyat 👁 474

Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi

Oʻzbekiston azaldan turli millat va elat vakillari ahil, totuv va bir oila farzandlaridek yashab kelayotgan bagʻrikeng diyor sifatida butun dunyoga maʼlum va mashhurdir. Ushbu tabarruk zamindagi tinchlik, osoyishtalik va oʻzaro hurmat muhiti mamlakat taraqqiyotining, xalq farovonligining eng muhim poydevori hisoblanadi. Ana shunday buyuk qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan va xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr-oqibat, ahillik tuygʻularini yanada jonlantirish maqsadida, yurtimizda 30-iyul sanasi «Xalqlar doʻstligi kuni» sifatida nishonlanib kelinmoqda.

Joriy yilda ham ushbu sana munosabati bilan respublikamizning barcha goʻshalarida katta bayram tadbirlari, madaniy-maʼrifiy kechalar yuqori saviyada tashkil etildi. Xususan, Amudaryo tumanida ham millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat va birdamlik gʻoyalarini ulugʻlovchi, qalblarni ezgulikka chorlovchi «Doʻstlik festivali» katta tantana bilan, oʻzgacha shukuhda boʻlib oʻtdi.

Bayram tadbiriga tuman hokimi oʻrinbosari Jasur Yaxshimov, qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, koʻpni koʻrgan duogoʻy nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda tumanning turli burchaklaridan tashrif buyurgan aholi vakillari jam boʻldi.

Tadbirning rasmiy qismida soʻzga chiqqanlar tomonidan bugungi kunda jonajon yurtimizda turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi doʻstlik, hamjihatlik hamda oʻzaro hurmat muhitini yanada mustahkamlash, barchamiz uchun bebaho neʼmat boʻlgan tinchlik va osoyishtalikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli, ezgu ishlar alohida eʼtirof etildi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari yagona maqsad — Vatanimizni yanada rivojlantirish, uning dunyo hamjamiyatidagi oʻrnini yuksaltirish yoʻlida hamjihatlikda fidokorona mehnat qilib, turli sohalarda juda yuqori va salmoqli natijalarga erishib kelmoqda.

Festival tuman Madaniyat boʻlimi iqtidorli sanʼatkorlari va badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari bilan davom etdi. Ular ijrosidagi dilbar kuy-qoʻshiqlar, joʻshqin musiqiy chiqishlar hamda milliy qadriyatlarimizni, xalqlar oʻrtasidagi azaliy doʻstlikni tarannum etuvchi sahna koʻrinishlari bayramga yanada fayz va joziba bagʻishladi. Rang-barang milliy liboslardagi ijrochilarning chiqishlari, turli tillarda yangragan shoʻx taronalar tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni hadya etdi.

Bunday bayramona va jozibador dasturlar ishtirokchilarning barchasiga koʻtarinki kayfiyat ulashib, ularning qalbidagi doʻstlik va birdamlik gʻoyalarini yanada mustahkamladi. Aynan mana shunday madaniy tadbirlar xalqimizning koʻp asrlik bagʻrikenglik anʼanalarini, millatlararo ahillik va oʻzaro hurmat tamoyillarini keng ommaga targʻib etishga, jamiyatimizdagi birlik va hamjihatlik muhitini har qachongidan ham mustahkamlashga xizmat qiladi.

Taʼkidlash joizki, «Xalqlar doʻstligi kuni» bayrami va uning doirasidagi «Doʻstlik festivali» nafaqat Amudaryo tumanida, balki butun yurtimiz boʻylab har yili ushbu sanada keng turda oʻtkazib kelinmoqda. Keng koʻlamda nishonlanayotgan ushbu umumxalq bayrami tadbirlari eng chekka va olis ovullardan, mahallalardan boshlab, yirik shaharlar va tumanlargacha qamrab olgan boʻlib, oʻziga xos xalq sayillari koʻrinishida davom etmoqda. Ushbu sayillarda milliy madaniy markazlar ham faol ishtirok etmoqda. Ular tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalarda har bir millatning oʻziga xos milliy taomlari, mohir rassom va hunarmandlarning qoʻl mehnati bilan yaratilgan amaliy sanʼat asarlari namoyish etilmoqda. Bu koʻrgazmalar turli madaniyatlarning goʻzal bir guldastaga aylanib, tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilmoqda va eng asosiy boyligimiz boʻlgan yurtimiz tinchligini saqlashda, xalqlar doʻstligini, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashda gʻoyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki tinchlik va ahillik bor joydagina taraqqiyot va farovonlik boʻladi.

Festival doirasidagi bayram tadbirining davomi taniqli xushovoz xonandalar ijrosidagi katta gala-kontsert dasturiga ulanib ketdi. Ochiq osmon ostida yangragan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yigʻilgan yurtdoshlarimiz qalbida unutilmas xotiralar qoldirdi va mamlakatimizda hukm surayotgan doʻstlik, tinchlik va totuvlikning abadiyligini yana bir bor namoyon qildi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026