“QALDIRĞOÇ” BOLALAR YoZGI OROMGOHINING OÇILIŞIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLDI
Maktablarda öquv yili poyoniga yetib, bolajonlar yozgi taʼtilga çiqişdi. Bunday damlarda ularni sölim oromgohlar öz bağriga çorlaydi. Oromgohlarda bolalar köngilli dam olib, yangi döstlar orttirib, turli sport, ijodiy tögaraklarda iqtidorlarini yuksaltiradilar. Qatʼiy reja asosida olib boriladigan çiniqiş maşqlari, turli tanlovlar va madaniy dam oliş tadbirlari öquvçilar qalbida öçmas taassurotlar qoldiradi.
Dörman ovuli Amudaryo tumanining eng havosi musaffo, fayzli göşalaridan biri sanaladi. Ovulda faoliyat körsatayotgan, atrofini köp yillik muhtaşam çinorlar, arçalar örab turgan 84-sonli maktab binosida har yili taşkil qilinadigan "Qaldirğoç" bolalar yozgi dam oliş oromgohi bolalarning eng sevimli maskaniga aylangan.
Joriy yilning 2-iyun kunidan iş faoliyatini boşlagan mazkur oromgohda bu yilgi yoz mavsumida 5 ta bosqiçda, har bosqiçda 100 nafardan jami 500 nafar bolalarni qabul qiliş rejalaştirilgan. Oromgoh joriy yilgi ilk faoliyatini boşlagan birinçi bosqiçda Manğit şahri va şahar atrofidagi 1-, 16-, 30-, 31-, 36-, 38-, 40-, 55-, 56-, 57-, 82- va 87-sonli maktablarning 7 yoşdan 14 yoşgaça bölgan jami 100 nafar öquvçilari qamrab olindi.
Şu munosabat bilan 2-iyun kuni maktab oldida tantanali tadbir ötkazildi. Unda tuman hokimi örinbosarlari Mahmud Şermetov, Gözal Soburova, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi mudiri Saida Sodiqova, maktablar direktorlari, Milliy gvardiya, Içki işlar bölimi xodimlari, dam oluvçi bolalarning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirda tuman hokimi örinbosarlari Mahmud Şermetov, Gözal Soburovalar bolajonlarni oromgohning oçilişi bilan qizğin qutlab, bu yaratilayotgan şaroit yurtimizda bolajonlarning barkamol bölib voyaga yetişlariga qilinayotgan davlatimizning ğamxörligining bir ifodasi ekanligini taʼkidladilar. Sözga çiqqanlar saf bölib, quvonçdan közlari yonib turgan bolalarning köngilli dam olişlarini tiladilar.
“Qaldirğoç” bolalar oromgohi direktori Zafar Abdullayev yiğilganlarni oromgohda bolalarning yaxşi dam olişlari, qulay şaroitlarda ovqatlanişlari uçun yaratilgan şaroitlar bilan taniştirdi.
Oromgohda bolalarning böş vaqtlari mazmunli ötişi uçun “Beş taşabbus” doirasida tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan bölib, ularga malakali öqituvçi-murabbiylar ham tayinlanganini barça havas bilan eʼtirof etdi.
Oromgohning oçiliş marosimi hudud sanʼatkorlarining kontsert dasturi bilan davom etdi. Dilrabo kuy-qöşiqlar, raqslar bolalarning oromgohga ilk qadam qöygan kunining taassurotlarga boy, esda qolarli bölişini taʼminladi. Ularning oromgoh bağrida ötadigan har bir kuni döstlari safi kengayib, çiniqib, ilm olişga iştiyoqi oşişiga xizmat qiladi, albatta. Çunki yozgi taʼtil davrida iş boşlaydigan buningdek maskanlar dam oliş oromgohlari sanalsa ham, aslida u yerda ötkaziladigan maşğulotlar, tadbirlar bola dunyoqaraşini boyitib, ijodiy qobiliyatini yuksaltiradi, bolajonlarning har tomonlama kamol topişiga xizmat qiladi. Zero, bolalar va ösmirlarning yozgi dam oliş oromgohlari faoliyati taʼlim tizimining bir qismidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶