Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ikkinçi sessiyasi töğrisida AXBOROT
2015-yil 6-fevral kuni tuman hokimligida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining ikkinçi sessiyasi bölib ötdi.
Xalq deputatlari tuman Kengaşining ikkinçi sessiyasiga xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Reglamentining 16-moddasiga muvofiq tuman hokimi topşiriğiga binoan deputat Rustam Rözmetov raislik qildi.
Sessiyaga tuman Kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari va bölimlar rahbarlari, jamoat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilindi.
Sessiya kotibligiga 3-"Boyovul” saylov okrugidan deputat Nilufar Davletova saylandi.
Sessiya kun tartibiga "Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi uçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar tavsiya qiliş töğrisida”gi, "Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining 2015-yilga möljallangan iş rejalarini tasdiqlaş töğrisida”gi, "2014-yil 12 oyi davomida jinoyatçilik va qonuniylikning ahvoli va bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan tuman prokurorining axboroti töğrisida”gi hamda "Amudaryo tumani hokimining 2014-yil 17-dekabrdagi "Turayev Şerzod Qurbanbayeviçni tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlaş töğrisida”gi 837-sonli qarorini tasdiqlaş haqida”gi masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi birinçi masala muhokamasida taʼkidlanganidek, ayni kunlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi qizğin pallaga kirdi. Tumanimizda ham Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir işlar qonun talablariga muvofiq amalga oşirilmoqda. Tuman hokimi tomonidan Amudaryo tumani hududida Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ötkazuvçi 58 ta saylov uçastkalarini tuziş böyiça taqdimnoma berildi. 1-Qoraqalpoğiston okrug saylov komissiyasi tomonidan şu yilning 26-yanvarida saylov uçastkalarini tuziş töğrisida qarori qabul qilindi. Deputatlaruçastka saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni bir ovozdan maʼqulladilar.
Kun tartibidagi ikkinçi masala, yaʼni xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi va Kengaş doimiy komissiyalarining 2015-yilga möljallangan iş rejalarini tasdiqlaş töğrisidagi masala körib çiqilib, tuman Kengaşi sessiyalari va 6 ta doimiy komissiyalar yiğilişlarida joriy yilda muhokama qilinadigan masalalarni öz içiga olgan iş reja loyihasi öqib eşittirildi va deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Sessiyada 2014-yil 12 oyi davomida jinoyatçilik va qonuniylikning ahvoli va bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot tinglandi.
Axborot yuzasidan tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Maryam Axmedova, tuman içki işlar bölimi boşliğining birinçi örinbosari Uluğbek Xudayberganov, tuman Kengaşining Qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Ruzimboy Nurimbetovlar öz fikrlarini bildirdilar.
Şuningdek, sessiyada Amudaryo tumani hokimining 2014 yil 17-dekabrdagi "Turayev Şerzod Qurbanbayeviçni tuman obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlaş töğrisida”gi 837-sonli qarori deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶