GRANT LOYIHASI DOIRASIDA ÖTKAZILGAN “KÖÇMA KUTUBXONA” TADBIRI YoŞLARDA KATTA QIZIQIŞ UYĞOTDI
Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, kitobxonlik madaniyatini yanada kuçaytiriş, aholining böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, kitob öqişga bölgan qiziqişlarini yanada kuçaytiriş maqsadida Amudaryo tumanining çekka hududlaridagi ovul va mahallalarda turli tadbirlar ötkazilmoqda. Ayniqsa, yoşlarning kitob öqişga bölgan qiziqişini oşirişga qaratilayotgan alohida eʼtibor tufayli kitobxonlar safi ortmoqda. Bu tuman va respublika miqyosida ötkazilayotgan kitobxonlik tanlovlarida ğolib bölayotgan köplab yoşlar misolida yaqqol namoyon bölmoqda.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham yoşlarni kitobxonlikka jalb etuvçi turli tadbirlar, tanlovlar taşkil etilib, tumanning çekka hududlaridagi yoşlar ham qamrab olinmoqda. Uşbu grant loyihasi doirasida navbatdagi “Köçma kutubxona” tadbiri Qangli ovulidagi 67-sonli maktabda taşkil etildi.
Tadbirda maktab öquvçi-yoşlari bilan birgalikda öqituvçilari ham iştirok etişdi.
Tadbir davomida Amudaryo televideniyesi tahririyati xodimlari hamda maktabning ona tili va adabiyot öqituvçisi Zulayho Bobojonovalar sözga çiqib, bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoşlarimiz orasida kitob mutolaasini ommalaştiriş, ularning maʼnaviyatini yuksaltirişda maʼrifat maskanlari – kutubxonalarning örni kattaligi, şu bois ularning faoliyatiga alohida eʼtibor qaratilayotganini tilga olib ötişdi. Bu maʼrifat maskanlarining, hozirga kelib zamonaviylaşayotgani, kitoblarning elektron şakllari, eşitiş, köriş, audio-video multimediyali turlari ham mavjudligi, köçma kutubxonalar, kitoblar körgazmalari taşkil etilayotgani töğrisida ham maʼlumotlar berişdi.
Taʼkidlaş joizki, aholining axborot olişga, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatidan erkin, tez va sifatli foydalanişga bölgan imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda. Kutubxona fondidan foydalaniş tizimini takomillaştiriş, kitobxonlarga xizmat körsatişda turli yoşdagi aholi qatlamlarining talab va ehtiyojlari, qiziqişlarini eʼtiborga oliş, körsatilayotgan qöşimça xizmatlar turlarini yanada kengaytiriş va sifatini oşiriş mamlakatimizdagi har bir kutubxona oldida turgan muhim vazifadir. Inson yaralibdiki, komillikka intilib yaşaydi. Bunga kitobsiz, kitob mutolaasisiz erişib bölmaydi. Bu xazinani özida saqlab kelayotgan kutubxonalar esa eng boy ziyo maskanidir.
Grant loyihasi doirasida taşkil etilgan “Köçma kutubxona” tadbirida ana şunday ziyo maskanlaridan unumli foydalaniş kerakligi, kitob muotlaasiga köproq vaqt ajratiş lozimligi, kitoblar yoşlarning yuksak siyosiy bilimli, yetuk intellektual bilim va salohiyatga ega, erkin fikrlovçi insonlar bölib voyaga yetişlarida muhim örin tutişi köp bora taʼkidlandi.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlar “Taraqqiyot közgusi” tahririyati qoşida taşkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti kutubxonasidan keltirilgan kitoblar bilan tanişişdi. Abdulla Qodiriyning “Ötgan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, Ğafur Ğulomning “Şum bola” va boşqa köplab adiblarning qiziqarli asarlari va ulardagi qahramonlar haqida öz fikrlarini bildirib ötgan yoşlar, uşbu kutubxonadagi boşqa kitoblarga juda qiziqişdi va aʼzo böliş istagini bildirişdi. Tahririyat xodimlari kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning turlari, barça yoşdagi kitobxonlarga mosligi, yangi keltirilgan kitoblar, kutubxonaning çekka hududlardagi filiallari xususida ham maʼlumotlar berişdi va ularning qiziqişlarini yanada oşirişdi.
Kitoblar insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yuksaltirib, yaxşilik hamda ezgulikka undaydi. Yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş maqsadida grant loyihasi doirasida ötkazilgan uşbu tadbir ham yoşlarning kitob mutolaasiga bölgan qiziqişlarini yanada oşirib, kitobxonlar safi ortişida muhim ahamiyatga ega böldi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶