Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 61-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 26-may kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 61-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya işida tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 1-Navoiy saylov okrugidan deputat Gulşod Yusupova saylandi.
Sessiyada dastlab joylarda xotin-qizlarni qiynayotgan muammolarni hal qiliş hamda jamiyatda ayollarning nufuzini yanada oşiriş böyiça körilayotgan çoralar samaradorligi töğrisida tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburovaning hisoboti tinglandi.
Axborotda keltirib ötilganidek, şu kungaça 4-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 398 nafar xotin-qizlarning 2 ming 974 nafariga turli yordamlar körsatilgan. Şuningdek, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş” komissiyasi tomonidan 122 ta oila yaraştirilib, ajrim holatlari ötgan yildagiga nisbatan 21 taga kamaygan.
Şundan söng, Amudaryo tumani mahalliy byudjeti mablağlarining 2023-yil 1-çorak davomida sarflanişi yuzasidan tuman Moliya bölimi mudiri Uluğbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-çorak davomida byudjet mablağlari hisobidan jami 77 mlrd. 991 mln. 325 ming söm mablağlar sarflangan.
Sessiya işida 2023-yil 1-aprel holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan ajratiladigan mablağlar töğrisida tuman hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev hisobot berdi. Hisobotda erkin qoldiq mablağlarining sarflaş yönalişlari böyiça taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya kun tartibida Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailovning hisoboti tinglandi. Hisobotda “Yoşlar balansi” asosida ijtimoiy ahvoli, qobiliyati hamda qiziqişlariga qarab yoşlar “yaşil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratilgani maʼlum qilinib, “qizil” toifaga kiritilgan 1 316 nafar yoşlarning röyxatini tasdiqlaş böyiça taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiya işida “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Qonun ijrosi yuzasidan tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetovaning axboroti tinglandi. Axborotda hokimlik veb-saytining oçiq maʼlumotlar bölimiga joylaştirlgan maʼlumotlar, media tadbirlarning vaqtida bajarilişi, hukumat qarorlari va farmonlarining tumandagi ijrosi va uni yoritib boriş masalalari xususida batafsil maʼlumot berildi.
Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini va energiya tejovçi texnologiyalarni joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan quyoş fotoelektrik stantsiyalari hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 2023-yil yakuniga qadar örnatiş böyiça rejalarning bajarilişi haqida tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolovning hisoboti tinglandi.
Taʼkidlab ötilganidek, ijtimoiy soha obʼektlari, korxonalar, “Temir daftar”, “Yoşlar daftari” hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarga quyoş fotoelektrik stantsiyalari hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 2023-yilning yakuniga qadar örnatiş böyiça reja-jadval dasturi işlab çiqilgan va bu borada aholi hamda tadbirkorlarga amaliy yordamlar körsatilmoqda.
Sessiya işida fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlar tahlili asosida mahallalardagi hokim yordamçilari faoliyati natijadorligini aniqlaş yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi bölimi yetakçi mutaxassisi Sanʼat Avezovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlanganidek, tumandagi hokim yordamçilari tomonidan şu kungaça jami 272 ta tadbirkorlik subʼektlari yangidan taşkil etilgan bölib, şundan 138 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar, 134 tasi yuridik maqomdagi tadbirkorlardir.
Sessiya kun tartibida Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi tuman filiali boşliği Şerzod Sultanovning ham hisoboti tinglandi. Hisobotda tumandagi şahar va şaharçalarning, ovullarning çegaralari maxsus komissiya tomonidan amaldagi tartib-qoidalar asosida qayta belgilangani maʼlum qilinib, deputatlar eʼtiboriga havola qilindi. Tumandagi şahar va şaharçalar, ovullarning çegaralari deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya işida Kengaş vakolatiga kiritilgan boşqa masalalar ham atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶