“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL OʻYINI OʻQUVChILARNI MANTIQIY FIKRLAShGA OʻRGATIShI BILAN MUHIM AHAMIYaT KASB ETDI
Amudaryo tumani MMTB tasarrufidagi 44-sonli umumtaʼlim maktabida aniq fanlarni oʻqitishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ayniqsa, fizika fanining oʻziga xos sir-asrorlarini oʻquvchilar ongiga singdirish, kundalik hayotimizdagi fizikaviy jarayonlar haqida zarur tushunchalar berishga qaratilgan zakovat oʻyinlari, mantiqiy savol-javob kechalari, fizika fani boʻyicha sinflararo bellashuvlar oʻquvchi-yoshlarning fizika fanini chuqur oʻzlashtirishlarida muhim omil boʻlmoqda.
Yaqinda maktabning fizika fani oʻqituvchisi Bobomurod Oʻrozimbetov rahbarligida 7-A va 7-B sinflar oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intillektual oʻyini ishtirokchilar tomonidan oʻquvchi-yoshlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oʻstirishda muhim ahamiyatga ega tadbir sifatida baholandi.
Tadbirda har ikkala sinfning fizika faniga qiziquvchi bilimdon oʻquvchilari 2022-2023 oʻquv yili davomida fizika fanidan olgan bilimlarini amalda namoyon etdilar. Xususan, “Zakovat” oʻyini qoidasiga koʻra, nafaqat fizik jarayonlar, balki ushbu jarayonlar bilan bogʻliq tabiat hodisalari, shuningdek, boshqa tabiiy fanlar va fizikaning oʻzaro bogʻliqligi yuzasidan ogʻzaki masalalar yechish, savollarga tez va aniq javob berish, har bir berilgan savolga javobni mantiqiy tahlil etish talab etildi. Oʻquvchilar barcha saollarga aniq va asosli javob berish orqali fizika fanini katta qiziqish bilan oʻrganayotganlarini amalda namoyon etdilar.
Boʻlib oʻtgan “Zakovat” intillektual oʻyini 44-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fani oʻquvchilarga zamonaviy talablar va innovatsion gʻoyalar asosida oʻtilayotganining amaldagi ifodasi boʻlgani bilan oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶