65-SONLI MAKTABDA “SÖNGGI QÖNĞIROQ” TADBIRI ÖTKAZILDI
Yurtimizda "Ilmni qadrlang, ilmga intiling" şiori ostida yana bir öquv yili yakunlanmoqda. Tumanimizdagi 65-sonli umumiy örta taʼlim maktabida şu munosabat bilan taşkillaştirilgan tadbir juda mazmunli va şukuhli ötdi. Yangi hayotga qadam qöyayayotgan maktabimiz qaldirğoçlarining saf bölib tizilib, öz farzandiday ardoqlab 11-yil taʼlim- tarbiya bergan ustozlariga mehr bilan boqib turişlari közni quvontiradi.
Tadbirda maktab öqituvçilari, öquvçilari, bitiruvçi sinflar öquvçilarining ota- onalaridan taşqari tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi psixolog metodisti Nurbek Seytboyev, Daryo böyi mahalla fuqarolar yiğini raisi, yoşlar yetakçisi va faollar mehmon bölişdi.
Tadbirni maktabimiz direktori Ş. Xöjamurodova oçdi va bitiruvçi sinflar öquvçilarini umumiy örta taʼlimni tugatib, mustaqil hayotga qadam qöyayotganliklari bilan qizğin qutladi, kelgusi öqiş va işlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Keyin Prezidentimiz Ş.Mirziyoyevning yurtimiz umumiy örta taʼlim maktablari bitiruvçilariga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Bitiruvçi öquvçilar tomonidan tayyorlangan tabrik va raqslar, kuy- qöşiqlar tadbir körkiga-körk qöşdi. Iqtidorli öquvçilar va ularning ota-onalari maktab maʼmuriyati tomonidan "Faxriy yorliq" va "Taşakkurnoma" lar bilan taqdirlandilar. Tadbir sönggida öquvçilar sönggi qönğiroq sadosi ostida davrani tark etişdi.Ularni barça yiğilganlar köngillarda bir orziqiş bilan, ezgu niyatlar tilab kuzatib qoldilar.
Alijon YÖLDOŞEV, 65-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶