GULZOR MAHALLASIDA YaNGI “SHAHZODA WEDDING” GÖZALLIK SALONI IŞ BOŞLADI
Mamlakatimizda yoşlar tadbirkorligini rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlar tufayli turli yönalişlar böyiça taşkil etilayotgan tadbirkorlik subʼektlari soni tobora oşib bormoqda. Natijada köplab yoşlar kasb-hunarga öqitilib, doimiy iş bilan bandligi taʼminlanmoqda. Amudaryo tumanida ham bu borada amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga munosib. Buni sönggi ikki-uç yil içida tuman markazi, hatto olis qişloqlar hududlarida faoliyat olib borayotgan maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari, kundalik buyumlar va oziq-ovqat dökonlari, gözallik salonlari, biçiş-tikiş ustaxonalari misolida yaqqol köriş mumkin.
Joriy yilning 17-may sanasida Manğit şahrining Gulzor mahallasi hududining eng sölim göşalaridan biri, “Istiqbol” köçasida ham ana şunday tadbirkorlik subʼektlaridan biri öz faoliyatini boşladi. “SHAHZODA WEDDING” nomi bilan öz faoliyatini boşlagan yoşlar gözallik saloni taşkil etilişi bilan 3 nafar mahalla yoşlarining doimiy iş bilan bandligi taʼminlandi.
Mazkur gözallik salonining oçiliş marosimida mahalla aholini Amudaryo tumani hokimining birinçi örinbosari Raşid Salayev va tuman hokimi örinbosari, oila va xotin-qizlar bölimi raisi Gözal Saburovalar Gulzor mahallasi yoşlari uçun zamonaviy şart-şaroitlarga ega gözallik saloni taşkil etilgani bilan tabrikladilar va “SHAHZODA WEDDING” gözallik salonini taşkil etişda fidoyilik körsatgan yakka tadbirkor Muqaddas Qurolovaga çin dildan minnatdorçilik bildirdilar.
Darvoqe, yakka tadbirkor Muqaddas Qurolova bir neça yillardan beri Manğit buyum bozorida körpa-yostiq jildlari, soçiqlar savdosi bilan şuğullanib keladi. U oila iqtisodidan kelib çiqib, voyaga yetgan farzandlarining iş bilan bandligini taʼminlaş maqsadida öz mablaği hisobidan qurilgan binoni gözallik saloni faoliyati uçun moslaştirib, taʼmirdan çiqardi. 100 million sömdan ziyod öz mablaği hisobiga gözallik saloni uçun zarur jihozlar, asbob-anjomlar sotib oldi. Şuningdek, 25 xildagi zamonaviy töy liboslari, pardoz-andoz vositalari, kelin salomlarida kiyiladigan 10 dan ortiq milliy liboslar töplamlari, milliylikka xos zamonaviy oqşom liboslari töplamlari bilan gözallik salonining öz faoliyatini töliq boşlaşi uçun şaroit yaratdi. Natijada özining farzandlari Sayyoraxon va Muqaddamxon Qöçqorovalardan taşqari 3 nafar mahalla qizlarining bandligini taʼminladi.
Yakka tadbirkor Muqaddas Qurolovaning rejalari katta. Kelgusida u imtiyozli kredit mablaği olib, gözallik saloni faoliyatini yanada kengaytiriş niyatida. Ayni paytda ham mazkur gözallik salonida qöşimça 4 ta iş örni mavjud bölib, tajribal vizajist-stilist, makiyaj ustasi, ayollar sartaroşligi yönalişlari böyiça işçi-xodimlarni iş bilan taʼminlaş imkoniyati bor.
Gulzor mahallasi, qolaversa, amudaryolik yoşlarning töyu-haşamlarda yanada gözal, madaniyatli kiyinişlari, soçlarini zamonaviy uslublarda, özlariga yaraşiqli, qolaversa, mijozlar talablari asosida turmaklaşlari uçun eng yaqin maslahatgöy va kömakdoş bölişga hamişa şay bölgan “SHAHZODA WEDDING” gözallik salonining mohir xodimlarining ezgu işlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶