ÇOYKÖL OVULIDA “YuKSAK MAʼNAVIYaTLI VA AXLOQLI YoŞLAR – JAMIYaT POYDEVORI” MAVZUSIDA MULOQOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy-maʼnaviy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini şakllantiriş, böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga kömaklaşiş hamda ösib kelayotgan yoş avlodni mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qiliş, ayniqsa, yoşlarning maʼnaviy-ruhiy intellektual salohiyatini oşiriş, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştirişga hissa qöşiş maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan taʼlim muassasalarida va jamoat taşkilotlarida “Jaholatga qarşi – maʼrifat” tamoyili asosida tarğibot tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Bu tarğibot tadbirlariga keng jamoatçilik vakillari, ayniqsa, ösmir yoşdagi öquvçi-yoşlar, ayol-qizlar keng qamrab olinmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 12-may sanasida Çoyköl ovulida ham ötkazildi. “Jaholatga qarşi – maʼrifat” tamoyili asosida yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, jinoyat sodir qilişga moyil, muqaddas sudlangan va jinoyat sodir qilgan şaxslar bilan işlaşiş borasida Çoyköl ovulida samarali işlar amalga oşirilmoqda. Tadbirda bu haqda Çoyköl ovul fuqarolar yiğini raisi Begzod Aytekov batafsil töxtalib ötdi. Xususan, “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyiliga köra, notinç va töliqsiz oilalarda voyaga yetayotgan yoşlar bilan işlaşiş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlariga kömaklaşiş maqsadida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar natijasida jinoyat va huquqbuzarlik holatlarining barvaqt oldini olişga erişilmoqda.
Tadbir davomida Çoyköl ovul fuqarolar yiğini hududida faoliyat olib boruvçi 32-sonli tayanç punkti profilaktika inspektori, kapitan Azimjon Matyusupov muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilişga moyil, şuningdek, içkilikka ruju qöygan şaxslar, notinç oilalar bilan işlaşiş böyiça yaratilgan alohida nazorat tizimi xususida söz yuritdi. Unga köra, muntazam spirtli içimlikka ruju qöygan fuqarolarning oila aʼzolari bilan doimiy muloqot ötkazilib, spirtli içimlikka mukkasidan ketgan şaxslar narkologiya dispanserida davolanişlari, soğlom hayotga qaytişlari uçun zarur çoralar körilayotgani bois, bunday şaxslar safi deyarli keskin kamayişiga erişilmoqda.
Ayni paytda 32-sonli tayanç punkti xizmat hududidagi 1079 ta xonadonga birikkan 1122 ta oilada 7200 nafar aholi istiqomat qiladi. Yiğin raisi, profilaktika inspektori, ovulda faoliyat olib boruvçi hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisining hamkorlikdagi faoliyati bois, hududda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptirişga xizmat qiluvçi 5 ta işçi guruhi tuzilib, faoliyati yölga qöyilgan.
Uşbu işçi guruh aʼzolari özaro hamkorlikda hududdagi muammoli xonadonlarda tez-tez bölişib, fuqarolar bilan bevosita muloqotda ötkazişayotgani bois, hududni ijtimoiy-iqtisodiy obodonlaştiriş va maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş masalalari öz vaqtida ijobiy yeçim topmoqda. Ayniqsa, ovuldagi jinoyat qilişga moyil, muqaddam sudlangan va probatsiya tartibida jazoni ötayotgan, şuningdek, jazoni ijro etiş maskanlaridan ozod etilgan şaxslarning röyxati alohida şakllantirilib, doimiy yiğin faollari va masʼullari nazoratiga olingani özining ijobiy samarasini bermoqda.
Tadbirda sözga çiqqan hudud böyiça profilaktika inspektori Azimjon Matyusupov, Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – keladak poydevori” grant loyihasi koordinatori, jurnalist Robiya Yöldoşeva, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyuşmasi aʼzosi, şoir va jurnalist, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimovlar yuksak maʼnaviyatli yoşlarni tarbiyalaş jamiyatimizning har bir aʼzosi zimmasidagi masʼuliyatli vazifa ekanligini taʼkidladilar.
Bölib ötgan tadbirda 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov, mahalla faoli Darixa Şaripovalar yoşlarning taʼlim-tarbiyasida oila va maktab hamda mahallaning hamkorligi juda muhim ekanligini taʼkidladilar. Har bir ota-ona öz farzandining kim bilan döst ekanligi, uning atrofidagi döstlari qanday toifadagi odamlar va kasb-kori, jamiyatda tutgan örni haqida maʼlumotga ega bölişlari zarurligini qayd etdilar. Ayniqsa, mobil aloqa vositalaridan foydalanişda farzandi köproq qanday ilovalarni öz telefoniga yuklab olayotgani, keçalari qayerga borib, kim bilan uçraşayotgani ota-onaning doimiy nazoratida bölişi zarurligini taʼkidladilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶