22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 20:30
Jamiyat 👁 336

Yillar zahmatida toblangan onaxon

Yillar zahmatida toblangan onaxon

Ayoqchi mahallasi, butun Qilichboy  eli Toʻxta Boltayevani ena, momo deb juda hurmat qilishadi, tez-tez xabar olib, duosini olishga intilishadi. Boisi u bu yil hayotining toʻqson toʻrtinchi bahorini qarshi oldi. Bir umr muallimlik qilib, hudud bolalariga ziyo ulashgan, mulohazali, oqil va tadbirli inson, rahmatlik Bobojon Oʻrozmetov bilan ahil yashab, 9 nafar farzandni elga munosib qilib tarbiyalab, uyli-joyli qilgan. Ularning 7 nafari oliy maʼlumot olib, turli jabhalarda mehnat qilishgan, 100 nafarga yaqin nevara, chevara, evaralarini ham oyoqqa turgʻizishda farzandlariga koʻmakdosh boʻlayotgan tabarruk onaxon.

Enaning oʻsmirligi urushdan oldingi qahatchilik yillariga toʻgʻri kelgan. Ikkinchi jahon urushi boshlangach esa xalqning boshiga tushgan ogʻir kunlar zahmatini yosh boʻlsa-da, kattalar bilan baravar tortgan.

– Oʻsha vaqtlarda biz yashagan hudud “Komsomol” kolxozi deb atalar edi. Yurtning alp oʻgʻlonlari, oilalarning suyanch ustunlari – erkaklar urushga safarbar etilgach, kolxozning dehqonchiligi ayollar va bolalar zimmasiga tushdi, – yuzlari gʻamgin tortib eslaydi momo. – Men ham 12-13 yoshimdan kolxozda ishladim. Kuni boʻyi dalada ishlab, qosh qorayganda uyga kelib, bir burda non yeb, yo bir kosa obi yovgʻon osh ichib, yana ishga, ariq qazish, bugʻdoy yo sholi oʻrimga ketardik. Tongda sal mizgʻib olib, gohi och, gohi qornimiz yarim toʻyib yana ishga chiqardik. U paytlarda kolxoz boshligʻi, brigadirlar bemor boʻlib yotgan odamlarni ham qoʻyday haydab kelib ishga solardi. Kuzda esa hamma hosilni urushdagi askarlarga deb oxirgi qopigacha olib ketishardi.

Oldidagi xontaxtaga yopilgan dasturxonni silagancha onaxon uzoq oʻyga toladi. Ehtimol, hayotidagi oʻsha mashʼum davrlar koʻz oʻngida jonlanayotgandir? Axir el qatori u ham ozmuncha qiyinchiliklarni boshidan kechirmagan-da. Ayniqsa, akalari urushga ketgan davrlarda volidasi Rajabbibi ona, opa-singillarining tortgan uqubatlari, tugʻishganlaridan qora xat kelgan damlardagi ayriliq azoblari bir umr yodidan chiqmaydi.

Oʻshanda 1943-yilning qahraton qish kunlarining biri edi. Kolxoz yeridan ungan don-dun, sabzavotlarni oxirigacha supurib-sidirib olgan mahalliy amaldorlar bu bilan cheklanmay, xonadonlarning oʻz tomorqasida yetishtirilgan hosiliga ham chang soldi. Ularnikiga navbat kelganida onasi Rajabbibi “Men bolalarimga tuproq yediramanmi, qanday tirikchilik qilaman, bermayman hosilimni”, deb toʻpolon qilib, tom boshidagi bugʻdoyini  kelguvchilardan asrash uchun shotiga tirmashayotganida bir bagʻritosh amaldor devorga qoʻyilgan shotini toydirib yuborgan. Shunda onasi uch-toʻrt metr balandlikdan shoti bilan birga yiqilib, azob tortib yotganlarini hech unutmaydi. Oʻsha yillarda xalq rizqini frontga yuborib, ochlikdan bir qiynalsa, mahalliy amaldorlarning zulmi ustiga-ustak boʻlgan. Yaxshiyam  Toʻxta Boltayevaning urushga ketgan akalaridan Jumamurod, Safarboylar qaytib kelib, oilaga suyanchiq boʻlishdi.

Eh-hey, Toʻxta ena eslayversa, uning hayoti dostonlarga ham sigʻmaydi. Salkam yuz yosh ostonasiga, bugungiday dorilomon kunlarga yetganidan, farzandlar, nevara, chevara, evaralar, butun eli eʼzozida yashayotganidan quvonib, tinmay shukrona aytadi, elimizning  tinchligi, obodligi bardavom boʻlgay, deb tilaydi. Hamon tetik, fikrlari teran, taqdiridan nolishni bilmaydigan moʻʼtabar enaning  “Sizlar ham mening yoshimga  yetgaysizlar”, degan duosidan bizning  ham koʻnglimiz togʻday koʻtarildi.

Hamrohlarimiz – “Ayoqchi” mahallasi xotin-qizlar faoli Nigora Polvonova, “Toshqalʼa” mahallasi xotin-qizlar faoli Ravshanoy Tilovboyevalar bilan moʻʼtabar onaxon huzuridan qaytar ekanmiz, salkam bir asr umr koʻrsa-da, zehni oʻtkir, fikri teran, oʻzini oʻzi bemalol boshqara oladigan farishta misol momoga chindan-da havasimiz keldi.

Oygul RAJABOVA, Ravshanbek BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026