Salomatlik va sifatli ovqatlanişni taşkil etiş oyligi doirasida seminar-trening ötkazildi
Bugungi kunda mamlakatimizda ertamiz egalari bölgan yoş avlod tarbiyasi va ularning maktabgaça bölgan tayyorgarligiga katta eʼtibor qaratilib, maktabgaça taʼlim tizimida bir qator yangilanişlar hamda özgarişlar amalga oşirilmoqda. Çunki, maktabgaça yoşdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning kelgusida qanday inson bölişini belgilab beradi. Şu bilan birga, maktabgaça taʼlim uyğun rivojlangan şaxsni şakllantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muassasalarda bolalarga berilayotgan taʼlim va tarbiya ularning şaxs sifatida şakillanişida qançalik muhim ahamiyat kasb etsa, jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişi, töğri ovqatlanişi ham bolaning kamolotida şunçalik muhim örin tutadi.
Şu sababli ham maktabgaça taʼlim tizimida aprel oyi “Salomatlik va sifatli ovqatlanişni taşkil etiş oyligi” deb eʼlon qilingan. Bundan közlangan maqsad − maktabgaça taʼlim muassasalarida tarbiyalanuvçilarni xavfsiz va soğlom ovqatlantirişni taşkil etiş böyiça olib borilayotgan işlarni takomillaştiriş, muassasalarning oşxonalarida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinişini taʼminlaş va epidemiyaga qarşi tadbirlar samaradorligini oşiriş, ovqat tayyorlaş uçun masʼul xodimlarning bilimlarini mustahkamlaşdan iborat.
Şu munosabat bilan 28-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida “Bolalar salomatligini taʼminlaş va soğlom ovqatlanişni taşkil etiş – eng muhim vazifamiz!” şiori ostida körgazmali seminar-trening bölib ötdi.
Seminar-treningda Qoraqolpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari, Qoraqolpoğiston Respublikasi Oşpazlar uyuşmasi aʼzolari, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari hamda tumandagi barça maktabgaça taʼlim taşkilotlari oşpazlari iştirok etişdi.
Seminar-trening davomida tizim xodimlariga Maktabgaça taʼlim taşkilotlarining davlat va nodavlat tarmoqlarini yanada kengaytiriş, ular örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantiriş, bolalarning soğlom va barkamol ösişini taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumotlar berildi. Şuningdek, iştirokçilarga muzlatgiçda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sanitariya-gigiyena qoidalariga töğri kelişi, taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlaş, oşxonalarda tayyorlanayotgan taomlarga sifatli masalliqlar işlatiş lozimligi batafsil tuşuntirildi.
Seminar-treningda oşxonalarni orasta saqlaş lozimligi, bolalar uçun şakllantirilgan kunlik taomnomalarning tarkibida ozuqaviy moddalarning yetarli miqdorda bölişi kerakligi aytib ötildi.
Seminar yakunida maktabgaça taʼlim tizimida namunali faoliyat yuritayotgan bir guruh oşpazlar tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Şu örinda aytiş kerakki, Maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçilarining soğlom va xavfsiz ovqatlanişini taşkil etişda nafaqat muassasa mudiralari, balki oşpaz va hamşiralar, tarbiyaçilar ham masʼuldirlar. Sababi, ertangi kun egalari bölgan yoş avlodning salomatligini saqlaş har kim uçun muhim va dolzarb vazifadir.
Diana Bazarbayeva QDUning jurnalistika fakulʼteti talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶