16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:21
Adabiyot 👁 392

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 69 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN KEChA TAShKIL ETILDI

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA MUHAMMAD YuSUF TAVALLUDINING 69 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN KEChA TAShKIL ETILDI

Kitobxonlarning sevimli maskani, tuman Axborot-kutubxona markazida sevimli shoirimiz Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bagʻishlangan “Unutmoq osonmas” nomli sheʼriyat kechasi tashkil qilindi.

27-aprel kuni boʻlib oʻtgan ushbu sheʼriyat kechasida Amudaryo muhandislik texnikumi talabalari va 33-sonli maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi. Tadbirda Amudaryo muhandislik texnikumining kutubxonashunoslik yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ulugʻimsan Vatanim” nomli rasmli kitob koʻrgazmasi ham tashkil qildilar.

Tadbirni tuman Axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati rahbari Rohatoy Romanova ochib berdi. U dastlab xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga keng toʻxtalib oʻtdi. Oʻz davrida shoirlar orasida yosh boʻlishiga qaramasdan Oʻzbekiston xalq shoiri unvoniga erishgan, “Doʻstlik” ordeniga musharraf boʻlgan Muhammad Yusuf ijodining avj pallasida dunyodan oʻtgani, uning Vatanni madh etuvchi, muhabbat, ona haqidagi sheʼrlari muxlislari qalbidan abadiy joy olgani xususida soʻzladi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ham Muhammad Yusuf oʻzbek sheʼriyatida oʻchmas iz qoldirgani, xalqimizning sevimli va ardoqli shoirlardan biri ekanligini, shoir qisqa umr koʻrgan boʻlsa-da, oʻzidan yaxshi nom, betakror izlar, yuksak ijodiy meroslar qoldirib ketganini taʼkidlashdi. Shoirning jondan sevgan Vatanini, xalqini, sevgi-sadoqatni, mehr-muhabbatni tarannum etuvchi sheʼr va gʻazallari sheʼriyat ixlosmandlari tomonidan haliga qadar sevib oʻqilayotganini aytib oʻtdilar. Shuningdek, sheʼriyat inson qalbini goʻzallashtiruvchi bemisl olam ekanligini, yoshlar Muhammad Yusuf ijodini koʻproq oʻqishsa, dunyoqarashi kengayib, tafakkur va tasavvurlari oʻsib borishini eʼtirof etishdi.

Lirik shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. U respublika Rus tili va adabiyot institutida tahsil oldi. Oʻqishni tugatganidan soʻng, “Toshkent oqshomi”, “Oʻzbekiston ovozi” gazetalarida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, Oʻzbekiston Milliy Axborot agentligida ishladi. Umrining oxirigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatdi.

Badiiy ijod bilan esa talabalik davridan shugʻullana boshlagan. Sheʼrga gʻoyat maʼsuliyat va talabchanlik bilan munosabatda boʻladigan Muhammad Yusufni ilk toʻplami – “Tanish teraklar” kitobi elga tanitdi. Toʻplamdagi sheʼrlardan dunyoga kelgan diltortar qoʻshiqlari esa uni mashhur qildi. Iqtidorli shoirning “Bulbulga bir gapim bor”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ish kemasi”, “Koʻnglimda bir yor”, “Bevafo koʻp ekan”, “Yolgʻonchi yor”, “Erka kiyik”, “Osmonomga olib ketaman”kabi koʻplab sheʼriy kitoblari bosilib chiqqan. Xalqidan olgan ilhomini yana xalqqa berib, dilidan joy olgan shoir agar hayot boʻlganida bu yil 69 yoshga toʻlgan boʻlar edi.

 Shu kabi maʼlumotlar ham berilgan tadbir davomida Amudaryo muhandislik texnikumi talabalaridan Gulasal Erkaboyeva, Gulsara Matirzayeva, Oygul Mavleshova, Mahfuza Yusupova, Gulora Saparboyeva, Saodat Tojiboyevalar shoirning sheʼrlaridan ifodali aytib berishdi. Shuningdek, kechada ishtirok etayotgan 33-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilaridan Dilnura Safarboyeva, Umida Davronboyeva, Laylo Joʻlliboyevalar shoirning sheʼrlaridan namunalar oʻqib, kechaga fayz kiritdilar.

Kechada faol ishtirok etgan ishtirokchilar tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Tadbir qiziqarli va mazmunli oʻtdi.

Sanjar Sobirov, tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026