MAHALLAMIZ OBOD BOʻLMOQDA
Har bir koʻngillarga oʻzining yangilanish, yasharish tarovatini sochib kelgan baxor mahallamiz koʻchalarini xam chetlab oʻtmadi. Albatta, har bir mahallalar, ovullarda shaxar-u qishloqlarda, yurtimizning barcha goʻshalarida obodanlashtirish ishlarining guvoxi boʻlasiz.
Bizning “Boʻz solma” mahallamizda ham “Obod qishloq” dasturi asosining koʻlamli obodonlashtirish, qurilish ishlari olib borilmoqda. Garchi mahallamiz chekka hududda joylashgan boʻlsa ham eʼtiborsiz qolmayotgani yurtimizda inson qadri aziz ekanligini yaqqol koʻrsatib turibdi.
Kechani kecha, kunduzni kunduz demay jon kuydirib ishlab kelayotgan yoʻl xodimlariga ham alohida minnatdorchiligimizi bildiramiz.
Bu qator oʻzgarishlar mahallada yashovchi insonlarning maʼnaviy dunyoqarashiga xam jiddiy taʼsir koʻrsatadi. Amalga oshirilayotgan obodlik nafaqat hududimizni, balki insonlar ruxiyatini xam oʻzgartirmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mahallamiz aholisi hamjihatlikda koʻklam boshlanganidan beri amalga oshirgan obodonlashtirish, yoʻl boʻylarini, hovlilar atroflarini tozalash, daraxtlarga shakl berib, ohaklash ishlari tufayli chor-atrof oʻzgacha fayz kashf etdi.
Buningdek xayrli ishlar – mevali, manzarali daraxtlar, gul, butalar koʻchatlarini ekish ishlari davom etmoqda.
Bu dunyoda qilgan yaxshi amallarimiz-u savobli ishlarimiz qoladi. Ertanggi avlodga biz yurtimizni obod, koʻrkam va koʻkalamzorga aylantirib meros qilib qoldirsak, albatta ular bundan faxrlanib yashashadi.
Muhayyo OʻRINBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶