42-sonli maktab öquvçilari Axborot-kutubxona markaziga sayohatga olib borildi
Kitob – aql çiroği, insonning kamolotga yetişida yölçi-yulduz. Şu bois, kitobxonlik xalqimiz uçun eng ustuvor qadriyat sifatida eʼzozlanadi. Yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning dunyoqaraşini şakllantirişdagi örni esa nihoyatda katta.
Umumtaʼlim maktablari, oliy öquv yurtlari talabalari, şuningdek, mahallalardagi uyuşmagan yoşlar, tadbirkor yoşlarning bilimini yanada oşiriş, ularni milliy ruh bilan suğorilgan adabiyotlar bilan yaqindan taniştiriş maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan “Yuksak maʼnaviyatli yoşlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan davra suhbatlari, “Yoş kitobxon”, “Namunali kitobxon oila” mavzusidagi körik-tanlovlar, öquvçi-yoşlarning kutubxonalarga sayohat tadbirlari kitobsevar yoşlarga olam-olam zavq bağişlamoqda.
Joriy yilning 20-aprel sanasida 42-sonli umumtaʼlim maktabi kitobsevar öquvçilarining Amudaryo Axborot-kutubxona markaziga sayohati ham qiziqarli taassurotlarga boy va maroqli ötdi.
Kitobsevar öquvçi-yoşlarni Axborot-kutubxonaning xizmat qiliş bölimi xodimi Gulasal Qöçqorova va kutubxonaçi opalari mamnuniyat bilan kutib olişdi Axborot-kutubxona markazining xizmat qiliş bölimi xodimasi Gulasal Qöçqorova Axborot-kutubxona faoliyati, ayni paytdagi mavjud kitob jamğarmasi, kitoblarning saqlanişi va ulardan foydalaniş tartib-qoidalari haqida öquvçilarga keng tuşunçalar va maʼlumotlar berdi. Şu bilan birga kutubxonaning yangi adabiyotlar bölimiga keltirilgan yangi kitoblar haqida ham zarur maʼlumotlar berib, kitobxon yoşlarga sohalarga oid bölimlarda jamlangan bolalarbop adabiyotlarni öqişni tavsiya qildi. Xususan, ovqatlaniş gigiyenesi, ösmir yoşlar gigiyenasi, şuningdek, atrofimizdagi olam bilan boğliq voqea-hodisalar haqidagi adabiyotlar bilan batafsil taniştirdi.
Şundan söng, “Yuksak maʼnaviyatli yoşlar – kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori, kutubxonaga sayohat taşkilotçisi, jurnalist va şoira Robiya YÖldoşeva bilan öquvçi-yoşlarning dildan suhbati taşkil etildi.
Robiya Yöldoşeva kitobning öz hayotida tutgan örni, şaxs sifatida şakllanişidagi yuksak ahamiyati haqida söz yuritib, kitob – insonni tarbiyalovçi, orzular sari yetaklovçi qudratli kuç ekanligini taʼkidladi. Kitob – eng yaqin sirdoş, maslahatgöy, yiqilganda suyaguvçi, ğam bosganda dilga malham, toliqqanda mador, kuç-quvvat, köngil kamlarini töldirguvçi, qalb dardiga malham, obi hayot çaşmasi, deya taʼrifladi u.
Darvoqe, Axborot-kutubxona markazining ayni paytdagi kitob jamğarmasi 64053 ta bölib, şundan badiiy adabiyotlar 46109, adabiyotşunoçlikka oid kitoblar 1305, tabiiy va aniq fanlar yönalişidagi ilmiy ommabop va nazariy adabiyotlar 5305 tani taşkil etadi. Axborot-kutubxonada kitoblarning elektron nusxalari ham mavjud va kitobxonlarga bu xizmat turidan foydalanişlari uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlar turli savollar bilan murojaat qildilar va masʼullar tomonidan qoniqarli javoblar oldilar. Şu bilan birga kutubxonaga uyuştirilgan sayohatdan zavq-şavq olganlarini izhor etdilar. Kitobsevar yoşlar özbek, qoraqalpoq va boşqa millat yozuvçilari qalamlariga mansub badiiy adabiyotlarni mutolaa qiliş uçun tanlab oldilar.
Kutubxonaga sayohat tadbiri qiziqarli taassurotlarga boy va maroqli böldi.
Risolat IBRAGIMOVA, 42-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶