TARĞIBOT TADBIRIDA ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV QOŞIDAGI AŞULA VA RAQS ANSAMBLINING KONTsERT DASTURI NAMOYIŞ ETILDI
30-aprel kuni bölib ötadigan umumxalq referendumiga Amudaryo tumanida ham qizğin tayyorgarlik körilmoqda. Şu bilan birga aholi örtasidagi tarğibot tadbirlari ham kötarinki ruhda davom etmoqda.
19-aprel kuni tuman Madaniyat bölimida bölib ötgan navbatdagi tarğibot tadbirida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi qoşidagi aşula va raqs ansamblining kontsert dasturi ham namoyiş etildi. Unda tuman Içki işlar bölimi xodimlari va ularning oila aʼzolari, tumanimizning faol yoşlari, mehnat faxriylari, taʼlim sohasi xodimlari va OAV vakillari qatnaşişdi.
Tadbirda iştirok etgan Oliy majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova, “Yoş kitobxon oila” tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçi ğolibi Umidbek Örinboyevlar Umumxalq Referendumiga qöyilgan yangi tahrirdagi Konstitutsiya xususida sözlab, barçani muhim siyosiy jarayonda faol iştirok etişga çaqirişdi.
Oliy majlis Qonunçilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamurodova, “Yoş kitobxon oila” tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçi ğolibi Umidbek Örinboyevlar Vatanimiz taqdiri va ravnaqi, inson qadri, yurtdoşlarimiz haq-huquqlari himoyasini özida mujassam etgan Yangi Özbekistonning Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, mazkur hujjatning ahamiyati, muhim jihatlari haqida maʼlumotlar berib ötdi. Şuningdek, bir yilga yaqin vaqt davomida Asosiy Qonunimizni takomillaştiriş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilgani, keng jamoatçilikning takliflari asosida maromiga yetkazilgani töğrisida keng töxtaldilar. Şuningdek, referendum va uni ötkaziş tartib-qoidalari haqida ham tuşunçalar berildi.
Şundan söng, tadbir Özbekiston Respublikasi IIV qoşidagi aşula va raqs ansamblining kontsert dasturi bilan davom ettirildi. Aşula va raqs ansambli rahbari Uçqun Tillayev hamda söz ustalari Zokir Oçildiyev, Ötkir Muhammadxöjevlar iştirokçilarga xuşkayfiyat ulaşişdi.
Xuşovoz xonandalar Feruza Jumaniyozova va boşqalarning çiqişlari iştirokçilariga juda manzur böldi hamda ularning yoşlik, muhabbat, ona yurt madhini tarannum etgan kuy-qöşiqlari davraga fayz kiritdi. Şöxçan aşulalar quvnoq raqslarga ulanib ketdi.
Şu örinda aytib ötmoqçimizki, umumxalq muhokamasi natijasida işlab çiqilgan qonun loyihasi referendum yöli bilan qabul qilinişinida yurt taqdiriga, uning kelajagiga befarq qaramaydigan har bir fuqaro faol iştirok etişi kerak.
Zero, konstitutsiyaviy islohotlarda “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyil ilgari surilayotgani mamlakatimizda inson qadri, haq-huquqlari, şaʼni har narsadan ustun ekanligini amalda namoyon etadi. Boş qomusimizga kiritilayotgan özgarişlarning butun mazmun-mohiyati aholining ijtimoiy va moddiy farovonligini taʼminlaşga, inson huquqlarini hamma narsadan ustuvor qöyişga qaratilgan. Şunday ekan, barçamiz 30-aprel kuni ötkaziladigan Referendumda faol iştirok etaylik, aziz yurtdoşlar!
Tarğibot tadbirida el sevgan sanʼatkorlarning çiqişlari tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat baxş etib, ularni xalq farovonligi hamda Vatan taraqqiyoti yölida birlaşişga çorladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶