MIJOZLARGA TEZKOR, NAMUNALI XIZMAT KOʻRSATILMOQDA
Aktsiyadorlik tijorat “Agrobank”ning Amudaryo tumanidagi filialida mijozlarga namunali xizmat koʻrsatish, tadbirkorlik subʼektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Filial boshqaruvchisi Komiljon Aytboyev 23-yildan beri shu sohada faoliyat yuritib kelmoqda. U oʻz jamoasida mehnat intizomini yaxshi yoʻlga qoʻygani tufayli bank mijozlari soni bugungi kunda 28412 taga yetgan.
Hozirgi kunda filialning 8 ta bankomatlari tumanimiz aholisining plastik kartalaridagi mablagʻini naqd pulga almashtirishda sutka davomida sifatli xizmat koʻrsatib kelayotir.
Zamonaviy uslubda taʼmirlangan, muhtasham va barcha sharoitlarga ega binoda faoliyat yuritayotgan va “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” shiorini oʻzlariga dasturiy amal qilib olgan filial xodimlari tashrif buyuruvchilarga xushmuomalalik bilan tezkor xizmat koʻrsatishadi. Dildora Yoʻldosheva, Qunduz Norimbetova, Nargiza Sobirova, Dinora Sharipova, Qurbonoy Saparova, Muborak Xoʻjamurodova, Joʻrabek Yoʻldoshev, Sardor Tojiboyevlardan bank filialiga tashrif buyuruvchilar minnatdor.
Ularni yaqinlashib kelayotgan muborak Ramazon hayiti bilan qutlab, xalqimizga xizmat qilishdan charchamang, deymiz.
Oyimjon OʻROZALIYeVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶