Jöqorği Kenges Raisi Amudaryo tumanida köça boşçilari bilan uçraşdi
“Insonlarning dardu taşvişlarini öylab yaşaş – odamiylikning eng oliy mezonidir. Xalqimiz öz hayotida ijobiy özgarişlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun körişi kerak”. Prezidentimizning xalq qalbidan çuqur joy olgan bu sözlari bugun mamlakatimizda barça soha va tarmoqlarda amalga oşirilayotgan tub özgarişlar, islohotlar va yangilanişlarni harakatlantiruvçi qudratli kuçga, uning ğoyaviy özagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini taʼminlaş, odamlarimizni rozi qiliş yölidagi zalvorli işlar aynan ana şunday ezgu va hayotbaxş ğoyalar asosida olib borilib, tobora yangi maʼno va mazmun bilan boyib bormoqda.
Yurtimizda bunday tarixiy özgarişlar silsilasida xalq bilan muloqot qiliş, murojaatlar bilan işlaş böyiça tamomila yangi tizimga asos solingani ham ayni haqiqat. Bunda ayniqsa, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, muammolarini tinglaş va ularga yeçim topiş maqsadida bölib ötayotgan uçraşuvlar, sayyor qabullar, davra suhbatlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.
17-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Amudaryo tumanida mahallalardagi köça boşçilari bilan uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, tegişli taşkilot mutasaddilari, mahalla raislari, köça boşçilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Uçraşuvda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev muhtaram Prezidentimiz boşçiligida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar, keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari haqida batafsil maʼlumot berdi.
Şu bilan birga muhtaram Prezidentimizning 30-mart kuni Qoraqalpoğiston Respublikasiga qilgan safari davomida mahallalar infratuzilmasini yanada yaxşilaş, işlab çiqariş va xizmat körsatişni rivojlantiriş yönalişlarida bajarilişi lozim bölgan muhim topşiriqlar xususida söz yuritdi.
Jöqorği Kenges Raisi köça boşçilariga murojaat qilar ekan, ularning xalqimiz hayotida munosib öringa egaligi, özlarining ibratga töla nasihatlari bilan oilalar turmuşi farovon bölişiga, yoşlarning maʼnaviyatli va mʼrifatli bölişiga öz hissalarini qöşib kelayotganini aytib ötdi. Şuningdek, mahallalardagi mavjud eng dolzarb muammolarni şu mahalla aholisi köça boşçisi atrofida birlaşgan holda kötarib çiqişi lozimligini taʼkidladi.
Prezidentimiz endilikda mahallalarni rivojlantiriş uçun dastlab har bir mahallaga 500 mln. söm pul mablaği ajratilişini, keyinçalik esa undanda köproq mablağ ajratilişini aytgan edi. Prezidentmiz mahalla ahlining özi tegişli mahalladagi muammolarni aniqlaşi va uşbu mablağlarni mazkur muammolarni hal qilişga işlatişi lozimligini ham taʼkidladilar. Uşbu jarayonlarda mahalla ahlining bir-biri bilan ahilligi, oğizbirçiligi muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, yoşi uluğ nuroniylar, köça boşçilarining mahalla ahlini birdamlikka, oğizbirçilikka örgatiş, oilalar tinçligi, yoşlar tarbiyasini mustahkamlaşdagi roli juda muhimdir. Ular özlarining boy hayotiy tajribalari asosida öz mahallasining maslahagöyi, suyançiği bölib kelgan va şunday bölib qoladi.
Uçraşuvda köça boşçilari tomonidan mahallalarni obod qiliş va xalqimizga munosib turmuş şaroitini yaratiş böyiça bir qança murojaat va takliflar ilgari surildi.
Jöqorği Kenges Raisi Amanbay Orinbayev uşbu murojaat va takliflar tez orada yeçim topişini bildirib ötdi.
Rasmiyatçilikdan holi, samimiy va oçiq muloqot tarzida bölib ötgan uçraşuv köça boşçilari özlariga bildirilgan yuksak eʼtirof va işonçdan mamnun ekanligini izhor qildilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶