SIYoSIY PARTIYaLAR VAKILLARI IŞTIROKIDA UMUMXALQ REFERENDUMI TARĞIBOTIGA BAĞIŞLANGAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Şu kunlarda Amudaryo tumanining barça qişloq va mahallalarida, öquv muassasalarida amaldagi Konstitutsiyamizga kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalar yuzasidan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati” mavzusida tarğibot-taşviqot tadbirlari, 30-aprel kuni bölib ötadigan umumxalq referendumini erkin, şaffoflik asosida ötkazişga bağişlangan uçraşuvlar, davra suhbatlari, oşkora muloqot tadbirlari ötkazilmoqda.
Şunisi eʼtiborliki, bölib ötayotgan bu kabi tadbirlarga aholi qatlamlarini keng jalb etiş, har bir inson qalbida ona Vatanga, kelajak avlod va xalq baxt-saodati uçun daxldorlik hissini uyğotişga qaratilgan biri-biridan qiziqarli maʼruzalar öqilayotgani saylovçilarga manzur bölmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 15-aprel sanasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi binosida ham ötkazildi.
“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – ijtimoiy davlat kafolati” mavzusidagi mazkur tadbir Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi hamda Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi pedagogika jamoasi hamkorligida taşkil etildi.
Oşkora muloqot, oçiqlik va şaffoflik asosida ötkazilgan mazkur tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengaşi apparat rahbari Yaxşimurod Ahmedov, Jöqorği Kenges deputati Quvonçboy Boymurodov, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputatlari Muqaddas Beknazarovva hamda Muyassar Rahmatullayeva, şuningdek, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar vakillari, umumxalq Referendumida birinçi marta ovoz beradigan yoşlar iştirok etişdi.
Taşviqot tadbirida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi apparat rahbari Yaxşimurod Ahmedov amaldagi Konstitutsiya bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning farqi, kiritilayotgan yangi normalar va özgartişlar haqida batafsil töxtaldi.
Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Quvonçboy Boymurodov Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi haqida söz yuritib, yanada xalqparvar va ijtimoiy hayotni töliq qamrab olgan yangi normalar, xususan, 29-moddaga köra, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan mustahkamlab qöyilgani, 30-moddaning 1-qismiga köra, heç kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida javobgar bölişi, mol-mulkidan mahrum etilişi mumkin emasligi, 42-moddaning 3-qismida qayd etilganidek, ayollar mehnat huquqi töliq taʼminlanişi, 58-modda, 3-qismiga köra, ayollar bilan erkaklar uçun tenglik taqdim etilişi, şuningdek, zöravonlikning har qanday körinişini çeklaş qonuniy kafolatlanayotgani haqida yoşlarga keng tuşunçalar berdi.
Tadbir davomida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasidan deputat Muyassar Rahmatullayeva yangilanayotgan Konstitutsiyaning 76-moddasi, 3-qismida oilaning tölaqonli rivojlanişi uçun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy şart-şaroitlar yaratiş mustahkamlab qöyilayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Joriy 2023-yilning 1-yanvar holatiga mamlakatimizda 9 mln. oila mavjudligi röyxatga olinganini, bu oilalarning har bir aʼzosi bekam-u köst, obod va farovon hayot keçirişi uçun ularning hayotiy ehtiyojlarini qondiriş, xususan, ipoteka va isteʼmol kreditlari olişlarida byurokratik tösiqlarga barham beriş, çiroyli, köngildagidek turmuş şaroitlariga ega bölişlarida zarur imkoniyatlar yaratiş Konstitutsiyaviy mustahkamlab qöyilayotganini alohida qayd etdi.
Tadbirda Referendumda birinçi marta ovoz beradigan yoşlar masʼullarga savollar bilan murojaat qildilar va munosib javoblar oldilar. Bölib ötgan tarğibot-taşviqot tadbiri oçiqlik, şaffoflik asosida, bahs-munozaralarga boy va qiziqarli böldi.
Tadbir yakunida Amudaryo tuman turizm va madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyiş etildi.
Robiya YÖLDOŞEVA, Ravşan BAHROMOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶