Oybek nomli mahallada tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi va sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
Mamlakat taraqqiyoti, jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi shu davlat tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtiborga bogʻliq. Shunga koʻra Oʻzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylantirildi. Bu borada muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan hokim va yoshlar uchrashuvlari ham muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.
14-aprel kuni Amudaryo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashevning yoshlar bilan uchrashuvi va sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Oybek mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markazida boʻlib oʻtgan uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailovlar hamda mahalladagi 30 nafarga yaqin faol yoshlar ishtirok etishdi.
Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi, yoshlarni yigʻilish kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi va tumanimizda yoshlarning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari, oʻqib, ilm olib, mutaxassislik va kasb-hunar egallashlari, yuksak axloqiy fazilatlar va chuqur bilim bilan qurollanib, yurtimiz farovonligi yoʻlida mehnat qilishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, hayotda oʻz oʻrnini topishga daʼvat etdi. Tuman hokimi yurt koriga yaraydigan, Vatani va oilasini qadrlaydigan yoshlardan ota-onasi ham, Vatan ham rozi boʻlishini taʼkidladi.
Rasmiyatchilikdan holi, samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv jarayonida yoshlarga oid muhim masalalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov oʻz nutqida oldimizda turgan muhim siyosiy jarayon, yaʼni sanoqli kunlardan soʻng boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi umumxalq Referendumi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berib, barcha yoshlarni Referendumda oʻz ovozi bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.
Shundan soʻng, yoshlarning takliflari, muammolari tinglandi. Yoshlar asosan haydovchilik guvohnomasi olish uchun oʻqish toʻlovi, fuqarolik pasport olish, sogʻligini tiklash boʻicha amaliy yordam berish kabi masalalarda murojaat qilishdi.
Sogʻligʻini tiklash uchun harajat pullarining qoplab berilishi boʻyicha qilingan murojaat shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi.
Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni ijobiy hal qilish yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
“Hokim va yoshlar” uchrashuv yigʻilishida ishtirok etgan yoshlar oʻzlariga qaratilayotgan eʼtibordan mamnun ekanliklarini bayon etdilar.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶