Maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy işlar yaxşi yölga qöyilgan ilğor maktab
Tumanimizda iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, isteʼdodini yuzaga çiqariş, hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida köplab saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda. Ayniqsa, maktab taʼlim tizimida bu boradagi işlar izçillik bilan amalga oşirilmoqda. Sababi, ertangi kun egalari bölgan yoş avlod maʼnaviyati maktabda rivojlanadi, sayqal topadi.
Tumandagi Toş yop ovuli hududida joylaşgan 5-sonli umumtaʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy işlar yaxşi yölga qöyilgan eng ilğor maktablardan biri hisoblanadi. Maktabda bir-biridan mahoratli, öz kasbining haqiqiy fidoiysi bölgan ustozlar öquvçilarga özlaridagi bor bilim va tajribani berib kelişmoqda.
Maktabning frantsuz tili fani öqituvçisi Gulbahor Saidova öz kasbiga mehri, dars ötişdagi öziga xos mahorati, çuqur bilimi tufayli oliy toifali öqituvçi, Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi böldi. U 2011-yilda mamlakatimizning bir guruh mahoratli va iqtidorli frantsuz tili öqituvçilari qatorida Frantsiyaning Ruaya şahrida bir oylik malaka oşiriş kursida öqib qaytdi. Bu tajribali muallimning öqituvçilik faoliyatida öziga xos yorqin davr böldi. Frantsuz tilida, şu til vatanida şu tilda juda ravon gapirişi, sözlarni erkin talaffuz qila olişi u yerdagi öqituvçilarni ham befarq qoldirmadi.
Undan taşqari, Gulbahor Saidova 2022-yilning 1-oktyabr kuni “Öqituvçilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan Prezident Farmoniga köra II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan taqdirlandi. Joriy 2023-yil ham öqituvçi uçun kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlarga töla yil böldi. U 30-mart kuni “Xalq taʼlimi fidoiysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Köplab iqtidorli yoşlar taʼlim olayotgan uşbu maktabda Gulbahor Saidova singari öqituvçilar talaygina.
Maktabda öquvçi yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini, jismoniy tarbiya va sportni keng tarğib qiliş maqsadida turli sport tögaraklari, sport bellaşuvlari yölga qöyilgan. Quvonarlisi, sportning voleybol, şaxmat-şaşka turlari böyiça maktabning öğil va qiz bolalar jamoasi tumanda faxrli örinlarni qölga kiritib kelişmoqda.
Maktabda muntazam ravişda ötkazilib kelinadigan “Quvnoq startlar” sport musobaqalari esa öquvçilarning sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Taʼlim maskanida öquvçilarni kasbga öqitiş, ayniqsa qiz bolalarni qöl mehnatiga örgatiş maqsadida tögaraklar taşkil etilgan. Öquvçi qizlar mehnat fani öqituvçilari bilan birgalikda töqiş, tikiş, keraksiz buyumlardan bejirim xona bezaklari, rözğor buyumlarini yasaş, pişiriqlar tayyorlaşni örganişayotgan bölsalar, öğil bolalar yoğoç, fanerlardan duradgorlik buyumlarini yasab örganişmoqda.
Yana şuni alohida taʼkidlaş kerakki, maktabda turli yozuvçi va şoirlarning, tarixiy şaxslarning tavallud kunlari, siyosiy, va köngiloçar tadbirlar muntazam ravişda ötkazilib kelinadi.
9-aprel kuni maktabda Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Amir Temur tavalludining 687 yilligi keng tarzda nişonlandi. Iqtidorli öquvçilar buyuk bobokalonimizning ibratli hayot yölini mahorat bilan sahna körinişlari orqali gavdalantirib berişdi.
Dramatik rollar ijro etişga qiziquvçi, aktyorlik mahorati bor, iqtidorli öquvçilarni qöllab-quvvatalaş, isteʼdodlarini yuzaga çiqariş maqsadida maktab maʼmuriyati tomonidan öquvçilar uçun barça şaroit va imkoniyatlar yaratilgan. Öquvçilar darsadan böş paytlarida özlarining möjazgina qöğirçoq teatrida özbek xalq ertaklaridan parçalar ijro etib, boşlanğiç sinf öquvçilari eʼtiboriga havola etişadi. Yuqori sinfda öqiydigan aka-opalari tomonidan sahnalaştirilgan tomoşalar ularda katta tassurotlar qoldiradi, albatta.
Tumanimizdagi barça taʼlim va tarbiya öçoği hisoblangan maktablarda öquvçilarning bilim olişi, böş vaqtini mazmunli ötkazişi uçun barça şaroit va imkoniyatlar mavjud. Öquvçilardan esa qunt bilan bilim olişgina talab etiladi xalos.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶