Yangi Konstitutsiya− xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi!
Yangi Konstitutsiya− xalq dardiga quloq soluvçi davlat asosi! şiori ostidagi tarğibot tadbiri tumanimizning Olmazor mahalalsi hududida joylaşgan 82-sonli umumtaʼlim maktabida davom etdi.
Işçi guruh aʼzolari mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayon— Özbekiston Respublikasi referendumi tarğibotiga bağişlangan tarğibot tadbiri ötkazişdi.
Unda mahallalarning yoşi uluğ onaxonlari, "Oqila ayollar" harakati aʼzolari, pedagog xodimlar, iqtidorli qizlar iştirok etişdi.
Işçi guruh aʼzolari O.Musurmanova, Z.Ismailova, M.Abdujabbarovalar yiğilganlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasiga kiritilayotgan özgartişlar xususida batafsil maʼlumot berdi.
Tarğibot tadbiri davomida oilalar tinçligini mustahkamlaş, ajrimlarning oldini oliş, xotin-qizlar bandligini taʼminlaş, kasbga öqitiş, maʼnaviyatini yuksaltiriş muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi. Va bu işlarni samarali taşkil etişda "Oqila ayollar" harakati aʼzolarining örni beqiyos ekanligi taʼkidlandi.
Tarğibot tadbiri davomida iqtidorli qizlar özlarining isteʼdodlarini namoyiş etib raqsga tuşdilar, Vatan, ona haqida gözal kuy-qöşiqlar ijro etdilar.
Bu kabi bölib ötayotgan tadbirlar xotin-qizlarning mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oşirişga xizmat qiladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶