Amudaryo tumani hokimi S.Yöldaşevning Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli yurtdoşlar!
Avvalo, Ciz, azizlarni, Sizlar orqali köpmillatli xalqimizni Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bundan 30-yil muqaddam – 1993-yil 9-aprel kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Oliy Kengaşi tomonidan Respublikamiz fuqarolarining munosib hayot keçirişlarini taʼminlaş, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etiş, fuqarolar tinçligi va milliy totuvligini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.
Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erişgan barça yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori, xalqimiz erkin va farovon turmuş keçirişining qonuniy kafolati bölib xizmat qilib kelmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson-ning ijtimoiy huquqlariga katta eʼtibor qaratgan bölib, mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli şaroitlarida işlaş, işsizlikdan himoyalaniş, ijtimoiy taʼminot oliş kabi huquqlar konstitutsiyaviy darajada eʼtirof etilgan.
Aziz döstlar!
Xabaringiz bor, xalqimiz hayotini yanada obod va farovon qiliş, yurtimizda yaşayotgan millati, tili va dinidan qatʼiy nazar har bir insonga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Konstitu-tsiyasiga qöşimça va özgartirişlar kiritilmoqda.
Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda Özbekiston – ijtimoiy davlat deb belgilanmoqda. Bu – insonga eʼtibor va ğamxörlik, deganidir. Davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan boğliq Konstitutsiyadagi normalar 3 barobarga köpaytirilmoqda.
Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisining barça takliflar hamda hududning öziga xos etnik, madaniy xususiyatlari, milliy urf-odat va qadriyatlari, alohida huquqiy maqomini eʼtiborga olgan holda yangilanayotgan Konstitutsiyada Qoraqalpoğistonning davlat tuzilişi va siyosiy tizimi bilan boğliq moddalar özgarişsiz qoldirilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizni 30-aprel kuni bölib ötadigan Referendumda faol iştirok etib, Yangi Özbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi uçun ovoz berişga çaqiraman.
Sababi, mamlakatimizni isloh etiş va demokratlaştiriş, inson qadrini uluğlaş, xalqimiz uçun eng oliy neʼmat – tinçlik va osoyiştalikning, taraqqiyot va farovonlikning bardavom bölişida Konstitutsiyamiz mustahkam poydevor vazifasini ötaşi şubhasiz.
Aziz va muhtaram yurtdoşlar!
Sizlarni yana bir bora Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik şodiyonasi bilan çin qalbimdan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶