36-SONLI MAKTAB ÖQITUVÇISI AZIMBOY SAFARBOYeV “XALQ TAʼLIMI FIDOYISI” KÖKRAK NIŞONI BILAN TAQDIRLANDI
Taʼlim sohasida salkam 35-yildan beri faoliyat körsatib kelayotgan malakali pedagog, tajribali matematika öqituvçisi Azimboy Safarboyev taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etib, yoşlarning intellektual salohiyatini oşirib kelmoqda. Yaqinda mahoratli ustoz soha rivojiga qöşgan munosib hissasi uçun “Xalq taʼlimi fidoyisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Ustoz ötgan yillar davomida tumanimizdagi bir neça umumtaʼlim maktablari hamda sobiq Amudaryo Qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida matematika fanidan dars berib, köplab şogirdlar yetiştirdi. Ayni paytda undan taʼlim olgan yoşlar turli sohalarda faoliyat körsatib, jamiyat rivojiga munosib hissalarini qöşişmoqda.
Azimboy Safarboyev 1965-yilda Amudaryo tumanida ziyoli, yaʼni öqituvçilar oilasida tuğilib, voyaga yetgan. Örta maktabni tugatganidan söng, 1982-89-yillarda Toşkent Davlat universiteti, hozirgi Özbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida taʼlim olgan. Sohadagi faoliyatini 1988-yilda Toşkent şahar 157-sonli maktabining matematika fani öqituvçisi bölib işlaşdan boşlagan. 1989-yilda Amudaryo tumaniga qaytib kelib, işni 15-sonli maktabda davom ettirgan. Ustoz hozirgi kunda 36-sonli maktabda matematika fanidan dars beriş bilan birga özi taşkil etgan “Yoş matematiklar” tögaragida qiziquvçi yoşlarga fan sirlarini örgatib, iqtidorlarini yuzaga çiqarişlariga kömaklaşib kelayotgani natijasida ular turli yutuqlarga erişişmoqda.
Mahoratli pedagogning öquvçilari umumtaʼlim fanlari olimpiadasining Qoraqalpoğiston bosqiçida, jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnaşib kelişmoqda. Undan taʼlim olgan köplab iqtidorli öquvçi-yoşlar har öquv yilida yurtimizdagi va xorijdagi turli nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabalari bölişmoqda.
Azimboy Safarboyev 2015-yilda Öqituvçilar bayrami arafasida “Özbekiston örta maxsus kasb-hunar taʼlimi aʼloçisi”, 2016-yilda “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 25-yil” kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.
Öz ustida muntazam ravişda işlab kelayotgan fidoyi öqituvçi ilmiy-uslubiy izlanişlari asosida 2010-2014-yillarda öz muallifligida yaratgan «Zamonaviy darsni taşkil etiş metodikasi», «Trigonometrik tenglama va tengsizliklar sistemalari», «Logarifmik tenglamalarni yeçişning qulay usullari», «Abituriyent uçun matematikadan test savollari», «Kvadrat funktsiyalar grafigi», «Öquvçilarda mantiqiy fikrlaşda matematika fanining örni» kabi 12 dan ortiq öquv-metodik qöllanmalari taʼlim jarayoniga tadbiq etilgan. Şuningdek, u yaratgan «Matematikadan olimpiada masalalari» mavzusidagi elektron dars işlanmasi, 150 dan ortiq körgazmali vositalari, murakkab mavzularni öqitiş böyiça elektron slayd va plakatlardan dars maşğulotlarida samarali foydalanilmoqda.
Fidoyi va jonkuyar öqituvçi taʼlim muassasasi va mahallada ötkaziladigan tadbirlarda ham faol qatnaşib, mamlakatimizning taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar va ularning samaralarini tarğib qilib kelmoqda. Azimboy Safarboyev izlanuvçan pedagog, jonkuyar va kamtar inson sifatida hamkasblari va mahalladoşlari örtasida ham hurmat qozongan.
Biz Azimboy Safarbovning kelgusidagi işlarida muvaffaqiyat tilab qolamiz.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶