MUBORAK RAMAZON KUNLARIDA OVUL VA MAHALLALARDA RÖZADORLAR UÇUN IFTORLIK DASTURXONI YoZILMOQDA
Şu kunlarda yurtdoşlarimiz Ramazon oyining rözasini tinçlik-osoyiştalik, bağri butunlikda ado etişmoqda. Bu muqaddas oyda imon-eʼtiqod bilan qilinadigan duolar mustajob böladi. Uşbu muborak kunlarda Alloh taolo bandalariga osmon eşiklarini oçib, duolarni qabul qiladi.
Xalqimiz uçun ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat, olijanoblik va şukronalik timsoli bölgan, yuksak insonparvarlik tamoyillarini özida mujassam etgan şunday fazilatli kunlarda Jumurtov şaharçasidagi “Qasr” töyxonasida şaharça va Bobur nomli ovul aholisi uçun iftorlik dasturxoni yozildi. Unda hududda yaşovçi rözador nuroniylar, mahalla faollari, mehnat faxriylari, imomlar iştirok etdi.
25-mart kuni Prezidentimiz taşabbusiga köra taşkil etilgan uşbu marosimda tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenboyevlar ham qatnaşişdi.
Iftorlikda tuman boş imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev insoniylik, maʼnaviy poklik, şukronalik fazilatlari, muqaddas dinimiz arkonlarini eʼzozlaş, tinçlikdek uluğ neʼmat qadriga yetiş kerakligi xususida sözladi. Şuningdek, boş imom-xatib öz sözida bunday muborak kunlarda röza tutişlik har bir musulmon uçun juda katta imtihon hisoblanişini, röza tutgan musulmon uçun xos mukofot berilişini va Ramazon oyida qilingan har bir solih amalning ajri bir neça barobar köpaytirib berilişini aytib ötdi.
Iftorlik dasturxoni atrofida Qurʼon tilovati qilinib, Qadr keçasining fazilati, Ramazon hayiti, hayit odoblari haqida ham maʼruzalar qilindi
Jumurtov şaharçasidagi “Qasr” töyxonasida iftorlikda iştirok etgan rözadorlar yurtimizga tinçlik-osoyiştalik, dehqonlarimiz yetiştirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duolar qilişdi.
26-mart kuni Manğit şahridagi “Istiqlol” töyxonasida ham Navoiy nomli va Böston mahallalarida yaşovçi rözadorlar uçun iftorlik marosimi ötkazildi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan uşbu ehson tadbirida tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Ğulomjon Duysenboyevlar qatnaşişdi.
Iftorlik dasturxoni nozu-neʼmatlar bilan töldirildi. Milliy taom — oş damlanib, yiğilganlarga tortiq qilindi.
Sözga çiqqanlar muqaddas mohi Ramazon kunlarida muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat körsatiş xalqimizga xos fazilat ekanligini taʼkidladilar. Muborak oy davomida miskinlar holidan xabar oliş, ehtiyojmandlarga xayr-ehsonlar beriş savobli amallardan sanaladi. Zero, Ramazon insonlarni özaro mehr-oqibatli bölişga, keksalar va bemorlar, yaqinlar holidan xabar olişga, muhtojlarga saxovat qilişga çaqiradi.
Ehson dasturxoniga töplanganlar iftorlikda tuman boş imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyevning Ramazoni şarif şukuhi, uşbu oyning fazilatlari haqidagi maʼruzalarini tinglaşdi. Şuningdek, Qurʼon oyatlari öqilib, Özbekiston zaminida el farovonligi yölida xizmat qilib ötganlar haqiga, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölişini, xonadonlarimizda hamişa tinçlik hukm surişini, möl va barakali rizq tilab, duolar qilindi.
Xayr-ehson qiliş maqsadida ovul va mahallalarda taşkil etilgan iftorlik tadbirlari özgaça ruhda kötarinki kayfiyatda ötdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶