22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 21:43
Jamiyat 👁 305

XIZR ELI MAHALLASIDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

XIZR ELI MAHALLASIDA NAVROʻZ BAYRAMIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Oʻlkamizda yangilanish va yasharish ayyomi – Navroʻzi olam shukuhi kezmoqda. Bu ulkan shodiyona yurtimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun eng suyukli bayramdir. Necha ming yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu bayram, bahor tantanasi maʼnaviy hayotimizning koʻrk-u ziynatiga aylangan. Joylardagi kabi tumanimizning chekka hududlaridan boʻlgan Xizr eli mahallasida ham Navroʻz ayyomi munosabati bilan katta tadbir tashkil etildi.

19-mart kuni Xizr eli mahallasi hududidagi fermerlar homiyligida “Shahzodbek-Xursandbek” toʻyxonasida ochiq dasturxon atrofida oʻtkazilgan ushbu tadbirda mahallaning yoshu-qari aholisi jamul-jam boʻldi.

Bahoriy kuylar sadosi ostida boshlangan tadbirni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Otabek Toʻrayev ochib, barchani ayyom bilan qutladi hamda Navroʻzning yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bagʻrikenglik va bunyodkorlik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirishdagi oʻrni va taʼsiri tobora ortib borayotganini taʼkidladi. Mahalla nuroniylari ham soʻzga chiqib, barchani bayram bilan tabriklashdi. Sharqona yangi yil barcha elimizga qut-baraka, har bir xonadonga tinchlik-omonlik, baxt-saodat, fayz-baraka, moʻl rizq, qalblarga quvonch va zavq olib kelishini tilab, duoga qoʻl ochishdi.

Darhaqiqat, Navroʻz kelishini bobodehqonlarimiz, mirishkor bogʻbonlarimiz orziqib kutishadi. Ular yerga baraka urugʻini sochadi, mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazadi. Zero, yerga mehr va mehnat bilan qanchalik koʻp ishlov berilsa, dehqonchilik, ziroat ham shunga qarab barakali boʻladi. Roʻzgʻorimiz, butun hayotimiz farovon boʻlib boraveradi. Elimizda bu muborak faslni uygʻonish fasli ham deyishadi, barcha hududlarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari boshlanadi. Bu yil ham erta bahordan tumanimizning barcha hududlaridagi kabi Xizr eli mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Bayram tadbirida mahalla hududidagi 46-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari hamda 47-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi qoʻshiq va kuylar, dilrabo raqslar namoyish etildi. Tadbirga taklif etilgan el suygan xonanda va sozandalar koʻtarinki kayfiyatni yanada yaxshilab, kuylarni shoʻx taronalarga ulashdi, barchani raqsga chorlashdi. Aytilayotgan qoʻshiqlarga mos ijro etilgan shoʻx raqslar davraga oʻzgacha fayz olib kirdi.

Bayram dasturxoniga anʼanaviy oʻzbek milliy taomlari, koʻk somsa, koʻk chuchvara, goʻja, sumalak kabi bahor taomlari, zogʻora, goʻshtli va koʻk piyozli patir nonlar ham tortildi. Tadbirga homiylik qilayotgan fermerlar tomonidan mehmonlarga 80 kilogramm osh damlanib tarqatildi.

Tadbir davomida ovul nuroniylariga, faxriylarga, Navroʻz bayramni oʻtkazishda faol qatnashgan “Shirin-buloq” fermer xoʻjaligi va “Quvsuriq” chorvachilik fermer xoʻjaligi rahbarlari, ushbu fermer xoʻjaliklarda mavsum davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan bir guruh ishchilar va mexanizatorlarga bayram munosabati bilan sovgʻalar ulashildi.

Navroʻz ayyomining tashrifini tantanavor ruhda bayram qilgan xizr eliliklar qalbida ushbu tadbir oʻzining eng goʻzal va chiroyli xotiralari bilan muhrlandi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026