TIBBIYoT XODIMLARI UÇUN YuQUMLI VA PARAZITAR KASALLIKLARNING OLDINI OLIŞGA DOIR SEMINAR TAŞKIL ETILDI
Şu kunlarda Amudaryo tumani Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi böyiça Tibbiyot birlaşmasi hamda ovul va mahallalardagi şifo maskanlari xodimlari örtasida tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda. Şunga köra Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi tibbiyot xodimlari örtasida ham seminar taşkil etildi.
Seminarda tuman Sanitariya epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi xodimlari Töliboy Atamuradov, Gulşod Tajiboyeva, Jamol Kamolov va Azamat Allayorovlar iştirok etişdi. Soha mutaxassislari seminar davomida yuqumli va parazitar kasalliklarning kelib çiqişi, yuqiş yöllari va undan himoyalaniş, profilaktik çora-tadbirlar xususida söz yuritdilar. Şuningdek, tibbiyot xodimlariga aholi örtasida tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş va kasallik töğrisida batafsil tuşunçalar beriş kerakligini, davolaş maskanlarida ham yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini çoralari körilişi, sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilinişi lozimligi aytib ötildi.
Taʼkidlanganidek, parazitar kasalliklar – bu parazit çuvalçanglar tomonidan kelib çiqadigan yuqumli kasalliklar hisoblanadi. Parazitlar juda xavfli va yuqumli bölgan bezgak va leyşmanioz kasalliklarini ham keltirib çiqaradi. Uşbu kasalliklar profilaktikasida şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş katta ahamiyatga ega. Bezgak – vaqti-vaqti bilan tutadigan isitma xurujlari, kamqonlik, jigar va taloq kattalaşuvi bilan keçuvçi ötkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Bezgak kasalligi qözğatuvçisi bemor hamda parazit odamga yuqadi.
Seminar davomida bezgak kasalligi tarqalişining oldini oliş, kasallik tarqatuvçi çivinlarlarga qarşi kuraşiş, aholini bezgak kasalligidan jamoaviy va induvidual ximoya qiliş hamda kimyoviy profilaktika tadbirlarini olib boriş çoralari töğrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Bezgak çivinlarilariga qarşi kuraşişda barça hovuzlarning röyxati tizimga olinişi kerakligi, xaritaga kiritilişi va uşbu hovuzlarda bezgak çivinlariga dezinsektsiya tadbirlari olib borilişi lozimligi, natijada çivinlarni liçinkalik davridayoq yöq qilişga erişilişi, liçinka bilan oziqlanadigan baliqlarni köpaytiriş ham liçinkalarni yöqotiş usullaridan biri hisoblanişi aytib ötildi.
Mutaxassislar xonadonlarga ham qoldiq taʼsiriga ega insektitsidlar bilan işlov berilişi lozimligi, işlov berilgan yuza qismlar bir neça hafta va oylar davomida çivinlarga zaharli taʼsirini saqlab qolişini aytib, aholini bezgak kasalligidan jamoaviy va induvidual himoya qiliş bezgak profilaktikasining birinçi usullaridan biri ekanligini, bunda çivinlarning yaşaş xonalariga uçib kirişining oldi olinişini tuşuntirişdi. Şuningdek, tibbiyot xodimlari aholiga öz xonadonlarida deraza oynalariga doka tör va setka tutib qöyişni, paşşaxonalardan foydalanişni tavsiya qilib, uşbu kasallik böyiça bilim saviyasini oşiriş maqsadga muvofiq bölişni ham aytib ötişdi. Şundan söng, kimyoviy profilaktika usullari, tibbiyot xodimi va endemik öçoqqa ketayotgan Özbekiston fuqarosiga kasallikdan himoyalaniş çoralari töğrisida ham maʼlumotlar berişdi.
Seminarda leyşmanioz kasalligi va uning tarqaliş, yuqiş yöllari, profilaktikasi töğrisida ham batafsil tuşunçalar berildi. Aholi punktlari hamda xonadonlarda obodonlaştiriş işlarini olib boriş kerakligini, uylarda devorlarning pastki qismlarini beton qoplamalar bilan qoplaş, köçalarni asfaltlaştiriş, hovlilarni pişiq ğişt bilan qoplaş orqali kasallik tarqatuvçi haşarotlardan biri bölgan iskabtoparlar köpayişining oldi olinişini aytib ötişdi.
Seminar yakunida tibbiyot xodimlari mutaxassislarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶