15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 18:27
Jamiyat 👁 280

“Mahalla” xayriya jamoat fondining “Obod mahallam” loyihasi doirasida qator tadbirlar oʻtkazildi

“Mahalla” xayriya jamoat fondining “Obod mahallam” loyihasi doirasida qator tadbirlar oʻtkazildi

Xalqimizning oʻzigagina xos xislatlari, anʼanalari, udumlari sanoqsiz: bagʻrikenglik, oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat, orastalik, bamaslahat jamoat ishlarida ishtirok etib, umummanfatiga xizmat qilish shular jumlasidandir.

Buningdek hayotbaxsh anʼanalar tabiatning uygʻotishi, fasli bahor tashrifi ila yanada avj oladi, oʻziga xos teran maʼno-mazmun kashf etadi.

Ayni kunlarda yurtimizning qay goʻshasiga bormang, odamlarning oʻz yashash hududlarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, atrof chiroyiga chiroy qoʻshish maqsadida koʻtarinki kayfiyatda hamjihatlikda mehnat qilayotganining guvohi boʻlasiz.

11-mart kuni Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududida sanitariya holati va ekologik vaziyatni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targʻib qilish maqsadida tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda “Obod mahallam” loyihasi doirasida qator tadbirlar oʻtkazildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Obod mahallam” loyihasining maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytirish, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, atrof-muhit muhofazasiga hissa qoʻshishdan iborat.

Loyiha rejasiga koʻra ushbu maqsadda ovul va mahallalarda hasharlar uyushtirilib, keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda, hududlarda Mahalla bogʻlari tashkil etilmoqda, turli uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazish orqali aholining ekologik madaniyati oshirilishiga hissa qoʻshiladi, ozodalik, obodonlashtirish, koʻklamtirish borasida, chor-atrofni toza, orasta saqlash borasida yoshlarga keksa avlod vakillarining boy bilimi yetkaziladi.

Loyiha doirasida 11-mart, shanba kuni Oq oltin ovulida chor-atrofni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish maqsadida hashar uyushtirildi. Tadbir davomida ovul hududidagi koʻchalar tartibga keltirilib,tozalandi, yoʻl boʻylariga, koʻchalar chetlariga 700 tupdan ziyod mevali va manzarali daraxtlar, koʻp yillik gullar koʻchatlari oʻtqazildi.

Hasharga qatnashgan ovulning nuroniy otaxonlarining, onaxonlarining mahalla obodligi, xonadonlar tozaligi, koʻchat ekishning savobli amallardan ekanligi xususidagi gurunglari, tavsiyalari yoshlarga oʻzgacha gʻayrat-shijoat bagʻishladi. Natijada hududdagi idora, tashkilotlar, maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari atroflari, koʻchalar tozalanib, oʻzgacha chiroy kashf etdi. Endigina uygʻonib, yashil rang kashf eta boshlagan dov-daraxtlarga shakl berilib, tagi yumshatilgani goʻyo atrofga oro berilganday boʻldi.

Hashar davomida yoshlar nuroniylar boshchiligida ovulning Jiydali kulon aholi punktidagi issiqxonalarda ertagi ekinlar koʻchatlarini yetishtirilayotgan xonadonlarda boʻlishdi.

Nurulla Tojiboyevning xonadonida 4 sotixlik issiqxonasi bor. Butun oila hamjihatlikda shu yerda har yili mevali, manzarali daraxtlar, ertagi ekinlar koʻchatlarini yetishtirib, aholiga sotadi. Pomidor, baqlajon, bodring, bulgʻor qalampiri kabi ekinlar koʻchatlarini koʻklamda tomorqasiga koʻchirib oʻtqazib, ertagi ekinlarni birinchilardan boʻlib bozorga chiqarishadi. Halol mehnatlar esa oila farovonligini taʼminlaydi, el maʼmurligiga hissa boʻlib qoʻshiladi. Shu hududda yashovchi Qurol Kamolov esa oʻz hovlisi tomorqasidagi issiqxonasida ertagi ekinlar koʻchatlaridan tashqari tumanimiz iqlim sharoiti va tuprogʻiga mos archa koʻchatlari ham yetishtirmoqda. Bu koʻchatlarni u bozorga olib chiqib, ovora ham boʻlmaydi, yashovchan va baquvvat koʻchatlarning xaridorlari ham shu atrofdan boʻladi har yili.

Tadbir davomida Nurulla Tojiboyev, Qurol Kamolovlar issiqxonalarda koʻchat yetishtirib daromad topish, oilaning iqtisodini yaxshilash yuzasidan mahorat darsi oʻtishdi. Nurulla Tojiboyev mevali daraxtlarni payvandlash, daraxtlarni butash usullari boʻyicha ham maslahatlar berdi.

Shu kuni “Jiydali qulon” aholi punktidagi xususiy maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, nuroniy onaxonalar va dilbar kelinlar, qizlar hamjihatlikda sumalak sayli tashkil etishdi. Nuroniy onaxonlarning shoʻx-shoʻx qoʻshiqlar aytib, ulkan doshqozondagi sumalakni kovlashi, yosh-yayaanglarning yugurib-yelib xizmat qilishi-yu quv ayollarning yangi kelganlarga koʻk qistirib, shart aytishlarigacha bari-bari zavqli edi. Qizaloqlarning raqslari sumalak sayliga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.

Tadbir ovuldagi “Shohruh Matash” toʻyxonasida “Uch avlod uchrashuvi” bilan davom etdi. Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan buningdek maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish goʻzal anʼanaga aylanayotgani barchani quvontiradi.

Tadbirga ovulda uzoq yillar davomida yurt ravnaqi, tinchligi, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, aholi salomatligi yoʻlida samarali mehnat qilgan nuroniy otaxonlar, kayvoni onalar, oʻrta avlod vakillari va yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni ovul fuqarolar yigʻini raisi Alisher Shamshetov ochdi va barchani yaqinlashib kelayotgan Navroʻzi olam bilan qizgʻin qutladi. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Boltaboyev, Nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik kengashi raisi Bekman Allamberganov barchani Navroʻz bayrami bilan qutlab, ovul aholisining obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashib, hasharda uyushqoqlik bilan ishtirok etganliklarini taʼkidlashdi. Joriy yil koʻklamgi ishlarga ezgu niyatlar bilan kirishgan oq oltinliklarning mehnatlariga baraka tiladilar. Hududda xalqimiz anʼanalari muvofiq oʻtkazilgan hashar, sumalak sayli, uch avlod uchrashuvi tadbirlari barcha ishtirokchilarga oʻchmas taassurotlar hadya etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019