ÖQIŞNI ÖRGANGAN BOLAJONLAR
Tumanimizdagi 55-sonli umumtaʼlim maktabining 1A-, 1B-, 1V-sinflari öquvçilari uçun yangi yil qöşaloq bayramga aylanib ketdi. Bayram kunlari ular ahillikda "Savodxonlik bayrami”ni Qorbobo va Qorqiz hamrohligida, yaşil arça atrofida ötkazişdi.
Ular öz bilimlarini ota-onalari, ustozlari oldida ilk bora namoyiş etdilar. Yangi yil haqida şeʼrlar aytib, biri-biridan çiroyli nafis raqslar ijro etişdi. Ota-onalar farzandlari bilan birgalikda davrada raqsga tuşdilar, ustozlariga taşakkur aytdilar. "Savodxonlik bayrami”da maʼnaviyat va maʼrifat masalalari böyiça direktor örinbosari Nurbek Örozboyev jajji öquvçilarga öz samimiy tilaklarini bildirdi.
1A-sinf öqituvçisi Gulçehra Qodirova, 1B-sinf öqituvçisi Nilufar Xudoyberganova, 1V-sinf ustozi Muqaddas Davlatboyevalarning saʼy-harakatlari bilan Yangi yil keçasi serfayz ötdi.
Bolajonlar ustozlari va ota-onalari oldida turli harflar qiyofasida şeʼrlar öqişdi. "Alifbe”ni örganib olganliklarini öqigan şeʼrlari orqali ifodaladilar va "Alifbe” kitobi bilan xayrlaşdilar.
Sahnaga "Öqiş kitobi” taklif qilindi.
Bolajonlarimiz "Öqiş kitobi”ni qunt bilan örganişga ota-onalari oldida söz berdilar. "Laylak qor”, "Şöx bola”, "Vatan”, "Ona”, "Alla” kabi qöşiqlarni maroq bilan ijro etişib, "Öqiş kitobi”ga hamroh böldilar.
"Savodxonlik bayrami” Yangi yil bayramiga ulanib ketdi. Davraga Qorbobo va Qorqiz taşrif buyurib, bolalarga sovğa-salomlar ulaşdilar.
Zuhra AHMEDOVA, gazetaning jamoatçi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶