FIDOYI USTOZ
Maktab ostonasiga ilk qadam qöygan öğil-qiz boşlanğiç taʼlim-tarbiya olişdan tortib, oliy maʼlumotli mutaxassis bölib yetişigaça bölgan davrda ustozlaridan saboq olib, bilim asoslarini, kasb mahoratini egallaydi.
B
uningdek şarafli vazifani öz zimmasiga olib, bor kuç-ğayratini, salohiyatini kasbiga baxşida etayotgan muallimlarning biri – tumanimizdagi 10-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Rayhon Polvonovadir.
U Bözyop ovulida, öqituvçilar oilasida dunyoga keldi. Bir umr 10-sonli maktabda öqituvçilik qilib, ovul bolalariga ilm-maʼrifat ulaşgan ota-onasi Ismoil Polvonov, Xadiça Sultonovalarga havas qilib, Rayhon öqituvçilik kasbini tanladi. Maktabdagi dars jarayonlari, ayniqsa öquvçilar haqida suhbatlaşganlarida ularning yuzlari yorişib, sözlarida özgaça mehr tafti sezilib turardi. Şundanmi, oiladagi sakkiz nafar farzandning uç nafari ota-ona kasbini tanlaşdi.
Rayhon 1998-yil NDPIni tugatib, öqituvçilik faoliyatini 2-sonli maktabda boşladi. 2000-yildan to şu kungaça 10-sonli maktabda ona tili va adabiyot fani öqituvçisi bölib işlab kelayapti. 25-yil davomida undan taʼlim olgan ovulning qança-qança yoşlari turli sohalarning yetuk mutaxassislari bölib yetişdi.
Rayhon Polvonova qölga kiritgan yutuqlar, u zabt etgan çöqqilar talaygina. Birgina 2020-2021 öquv yilida uning Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş hududiy markazida özbek tilini öqitiş metodikasida “Sifat” mavzusidagi oçiq dars işlanmasi ommalaştirildi. 2021-2022 öquv yilida “Yilning eng yaxşi özbek tili fani öqituvçisi” körik-tanlovining tuman bosqiçi ğolibi böldi, Qoraqalpoğiston bosqiçida esa faxrli 3-örinni egalladi. 2022-yilda “Yil ayoli” körik-talovida tuman ğolibi, respublika bosqiçining faol iştirokçisi böldi. Şu yili “Qişloq hududidagi eng namunali öqituvçi” tanlovida tumanda 2-örinni egalladi.
Fidoyi mehnatlari evaziga “Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni, “Özbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nişoni sohibasi böldi.
Öqituvçilik maşaqqatli, ammo şarafli kasb. Rayhon turmuş örtoği Raşid Davlatboyev bilan oila qörğonida ungan nihollar – ikki öğil, ikki qizni ham intiluvçan, ilmli, odobli qilib voyaga yetkazişmoqda. Katta farzandlari Jaloliddin va Rufat oliygohlar talabasi, Sarvinoz, Sevaralar esa 10-sonli maktab öquvçilari.
Baʼzan öqituvçilarning fan asoslarini çuqur örgatiş uçun kuyunişlari, nega öqimading, deya tergaşlari öquvçilarga oğir botadi. Biroq yillar ötgani sayin hayotning turli pillapoyalarida ular örgatgan ilm qadrini anglab, ustozlariga könglida hurmat bilan yaşaydi odam. Şu bois, ustozlarimizni otamizday, onamizday uluğ sanaymiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶