FARZANDINGIZ GIYoHVANDGA AYLANMASIN
"Qora oğu” domiga tuşib, yöldan adaşganlar avvaliga ajal uruği ortidan ruhan ergaşadi, bora-bora bir onlik "rohat” bağişlovçi moddani qayta-qayta isteʼmol qiliş istagini boşqara olmay qoladilar. Bu - açinarli hol. Biroq, biz açiniş bilan ularni bu botqoqdan qutqara olmaymiz. Iroda bilan kuraşişga undaş lozim ularni. Oldini oliş esa öz qölimizda!
Bu zahri qotilni isteʼmol qilganlar öz ruhiyati va soğligiga özi tahdid qilayotganini unutib qöyadi. Giyohvand moddalarni qabul qilişni boşlagan (ayniqsa inʼektsiya yöli bilan) har qaysi odam vaqt ötgani sari şubhasiz, tanazzulga yuz tutib boradi. Özini nazorat qila olmaydi, behafsala, hayotga befarq bölib qoladi, har xil kasalliklarga çalinadi, şuningdek bedavo dard – OITS kasalligi ham bundan istisno emas. Şuning uçun bugungi kunda OITSning oldini oliş çora-tadbirlari asosan giyohvandlar örtasida kuçaytirilmoqda.
Bizning Qoraqalpoğiston Respublikasi OITSga qarşi kuraş markazimizda, şahar va tumanlardagi Tibbiyot birlaşmalarida 17 ta "Işonç xonalari” faoliyat körsatmoqda. Ular Respublika OITSga qarşi kuraş markazi va xalqaro Global fond tomonidan har taraflama töla taʼminlangan.
Bu "Işonç xonalari” Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş Vazirligining 2011-yil 1 avgustdagi 232-sonli buyruğiga asosan faoliyat körsatadi. Asosiy vazifasi - OIV va OITS kasalligining oldini olişdir. Şu maqsadda bepul va anonim turda, yaʼni şaxsni isbotlovçi hujjatsiz xizmat körsatiladi va OIVga tahlil bepul qilinadi. Taşrif buyuruvçilarga OIV va OITS haqida, kasallikning yuqiş yöllari, klinik belgilari, diagnostikasi, davolaş va oldini oliş çoralari töğrisida maslahatlar, davolaniş uçun zarur tibbiyot vositalari bepul beriladi, zarur vaziyatlarda tor doiradagi mutaxassislarga (narkolog, infektsionist, ftiziatr, terapevt va hokazo) bepul maslahatlar olişga jönatiladi.
Hayotda hamma narsa bölişi mumkin. Baxt ham, kulfat ham inson kutmaganida röy beradi. Asosiysi, kişi tafakkuri va ongida bu nobop odatlarga qarşi immunitet şakllanişi kerak. Unutmang, bu yöl xato va uning oqibatlari nafaqat sizning, balki atrofingizdagilarning ham umrini zaharlaydi.
N.ASAMATDINOVA, Respublika OITSga qarşi kuraş markazi şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶