17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 17:14
Jamiyat 👁 158

AYoL EʼTIBORGA, EHTIROMGA MUNOSIB

AYoL EʼTIBORGA, EHTIROMGA MUNOSIB

Ayol bilan olam munavvar, borliq goʻzal. Jamiyatning har bir jabhasi, har bir sohasida ayol nafosati, uning cheksiz mehri namoyon. Yurtimizdagi ulkan bunyodkorliklar, taraqqiyot va farovonlik ortida ham soʻzsiz, xotin-qizlarning shijoati, fidoyiligi hamda gʻayrati mujassam. Oila va jamiyat hayotida muhim oʻrin va mavqega ega boʻlgan ayol-qizlarni eʼzozlash, ularga hurmat va ehtirom koʻrsatish esa xalqimiz uchun azaliy qadriyatdir.

Amudaryo tumanida ham barcha sohalarda samarali mehnat qilib kelayotgan ayol-qizlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Ularning fidokorona mehnatlari sohalarda erishilayotgan yutuqlarda, amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifadir. 

Bugungi kunda Amudaryo tuman aholisining 102 ming 386 nafarini ayol-qizlar tashkil etadi. Yaqinda Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan, “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi shakllantirildi. Joriy yilgi “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi roʻyxatiga kiritish maqsadida oʻtkazilgan xatlovga koʻra, 49 ta mahallaga biriktirilgan ishchi guruhlar tomonidan soʻrovnoma oʻtkazilib, 30 yoshdan yuqori boʻlgan 46 504 nafar muammoli xotin-qizlar borligi aniqlandi.

Sektorlar rahbarlarining taklifiga koʻra, 4-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 398 nafar xotin-qizlar kiritilishi rejalashtirilgan edi. Shunga muvofiq 1-sektor hududidan  1 189 nafar, 2-sektor  hududidan  1 805 nafar, 3-sektor hududidan  1 446 nafar, 4-sektor hududidan esa 958 nafar, tuman boʻyicha jami 5 398 nafar xotin-qizlar 4-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritildi.

Hozirgi kunda ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan yoʻl xaritasi belgilab olinib, shunga koʻra chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumanimizda, oʻtgan davr mobaynida 218 nafar xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlandi. Mahallalarda tashkil etilgan oʻquv maskanlari hamda 2-sonli kasb-hunar maktabida 345 nafar ishsiz xotin-qizlar qayta kasbga oʻqitildi. Shuningdek, 16 nafar xotin-qizlarning oʻqish uchun shartnoma badallari toʻlab berildi. Undan tashqari, 116 nafar ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning 113 nafari yarashtirilishiga erishildi. Bilib-bilmay jinoyat yoʻliga kirib qolgan 3 nafar xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar boʻlimining kafilligi asosida qamoq jazosidan saqlab qolindi va sogʻlom turmush tarziga qaytarildi.

Oila va xotin-qizlar boʻlimi huzurida tashkil etilgan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da 495 nafar yosh oilalar oʻqitilib, sertifikatlar topshirildi.

Dunyo ayolning cheksiz mehri bilan obod, desak aslo adashmaymiz. Nafaqat oilalarni, balki jamiyatning har bir jabhasini ayol-qizlarimizsiz aslo tasavvur qila olmaymiz. Yuksak muhabbati bilan hayotimizga mazmun kiritib yashayotgan mehridaryo onalarimiz, aziz opa-singillarimiz, lobar qizlarimizning har biri cheksiz eʼtibor, hurmat va ehtiromga loyiq! 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami barchangizga muborak boʻlsin!

Goʻzal Soburova, tuman hokimi oʻrinbosari,

Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026