Yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib etişga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va ahloqli yoşlar − kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişga, ularni mafkura maydonining turli hurujlaridan himoya qilişga maʼnaviy dunyosini boyitişga xizmat qiluvçi köplab tadbirlar taşkil etilmoqda.
Jumladan, yaqinda yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida tumanning eng namunali maktablaridan biri− 56-sonli umumtaʼlim maktab öquvçi yoşlari bilan kitob tanlaş madaniyati böyiça davra suhbati bölib ötdi.
10-sinf öquvçilari uçun taşkil etilgan davra suhbatida tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova maktabning maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Rohatoy Xudoybergenova, ona-tili va adabiyot fani öqituvçisi Madina Rajabova, maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi Allambergan Jumaniyazovlar iştirok etişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova öquvçilarga kitob faqat insonni ezgulikka çorlaşini, köp kitob öqigan insondan aslo yomonlik çiqmasligini, insonning nutqi ravon, va fikrlaş qobiliyati keng bölişini aytib ötdi.
Darhaqiqat, buguni kunda yoşlarni turli yot va buzğunçi ğoyalardan asraş, ularning ongida yovuz mafkuralarga qarşi immunitetni mustahkamlaşning eng samarali usullaridan biri sifatida köproq kitob öqiş va internetdan töğri foydalanişdir.
Kitob har bir inson uçun sodiq döst. Kitob orqali u ertakmi, romanmi, rivoyatmi yoki haqiqattan olingan hayotiy voqealar tuşirilgan asarmi? bularning barisi yaxşilik sari yetaklaşini bilib olamiz.
Ayniqsa, voqealiklarning barçasida bir xaqiqat ğolibligi, kitobxon irodasini mustaxkamlaydi.
Tarixiy kitoblar yoki tarixiy voqealar tafsilotidagi asarlar orqali kitobxon yoşlar nima qilganda nimalar bölişi, qanday işlardan qanday voqealar kelib çiqişi, nimalarga olib kelişini örganadi. Kitob ularga hayotiy saboq berib, maʼnaviyatini oşirib boradi.
Davra suhbati davomida öquvçilar sönggi paytda özlari sevib öqigan badiiy asarlardan çiqargan xulosalari bilan örtoqlaşdilar.
Öquvçilardan kimdir Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari katta taassurot qoldirganini aytsa, yana kimdir Ötkir Hoşimovning “Dunyoning işlari” qissasini qayta-qayta mutolaa qilib öz onasi timsolini körganligini aytib ötdi.
Davra suhbati baxs-munozaraga boy tarza qiziqarli bölib ötdi. Öqituvçilar öquvçilarga köproq badiiy kitob öqişlari lozimligini ana şundagina nutqi ravon va fikrlaş doirasi keng bölişini tuşuntirib bugungi kunda yaratilatgan, jahon va özbek adabiyoti durdonalaridan öqiş uçun eng qiziqarli asarlarni tavsiya qilişdi.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶