MAKTABIM – FAXRIM
Har bir inson hayotda yaşar ekan, sevimli bir kasbning egasi bölib, şu kasbi orqali kamol topadi. Men öqituvçiman. Kasbimni juda yaxşi köraman. Bu kasb insondan fidoyilikni, jonkuyarlikni talab qiladi. Albatta, bunday öqituvçi böliş uçun esa sizga yaxşi bir jamoa, barça şart-şaroitlarga ega muassasa kerak böladi. Sizni qöllab-quvvatlovçi rahbarlar bölsa-ku, nur ustiga aʼlo nur…
Men ana şunday faxrlanişga va maqtaşga arzigulik namunali ilm dargohlaridan biri bölgan 55-sonli maktabda öquvçilarga taʼlim beraman.
Uşbu maktab 2008-yilda işga tuşirilgan. Maktab direktorining talabi va öquvçilar kontingentining köpligi bois, maktab kengaytirilib, 2022-yilda 330-örinli qöşimça bino qurib berildi. Endilikda, maktab quvvati 960 öquvçi örniga yetdi. Maktabda barça fanlar böyiça öquv-maşğulot xonalari, sport zali, oşxona, kutubxona va tantanalar zali mavjud.
2021-2022 öquv yilida 83 nafar öquvçi 11-sinfni bitirgan bölsa, şundan 26 nafari oliy taʼlim muassasasiga, 8 nafari texnikum va kollejlarga qabul qilindi.
Hozirgi kunda maktabimizda 1012 nafar öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Bu öquvçilarga 80 nafardan ortiq oliy maʼlumotli öqituvçilar dars berişadi. Öqituvçilarning 9 nafari oliy, 24 nafari birinçi va 29 nafari ikkinçi toifaga ega.
Prezidentimizning 2023-yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" deya nom berişi biz öqituvçilarga kuç-quvvat, şijoat bağişladi. Demak, endilikda taʼlimga bölgan eʼtibor yanada yuqori poğonaga kötariladi. Şunday ekan, biz öqituvçilar öz fanimizning mohir bilimdoni bölib, kelajak avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalamoğimiz zarur. Buning uçun esa öz ustimizda tinimsiz izlanişdan töxtamasligimiz kerak.
Men talabçan rahbar va har bir işda yakdil bölgan jamoa bilan birga işlayotganimdan faxrlanaman. Çunki talabçanlik bor joyda tartib-intizom, tartib-intizom bor joyda muvaffaqiyat, birdamlik bor joyda yuksaliş böladi.
Şahlo Rahimboyeva,
55-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶