TUGʻILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMA ENDI FHDYoDAN BERILMAYDI
Tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga tenglashtiriladigan QR-kodli maʼlumotnomani 1-yanvardan boshlab, tugʻuruqxonaning oʻzida olish mumkin. Bu tartib 1-iyundan boshlab, butun respublika hududida joriy etiladi. Hukumatning 2022-yil 29-sentyabrdagi 540-son Qaroriga asosan Toshkent shahrida tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYo boʻlimlarida qayd etish tartibi joriy etildi.
Endilikda bola tugʻilishi bilan, tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi maʼlumotlarni, jumladan bola roʻyxatga qoʻyiladigan poliklinika va ichki ishlar boʻlimi, navbatga qoʻyiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYo boʻlimiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYo boʻlimi tugʻilganlikni qayd etadi va QR kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi. Tibbiyot muassasalari ushbu maʼlumotnomani bolaning ota-onasiga taqdim etadi. Ushbu maʼlumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYo boʻlimlari tomonidan eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi. Otalikni belgilash va yolgʻiz ona arizasiga asosan tugʻilishni hamda topib olingan, tashlab ketilgan bolaning tugʻilishini qayd etishda bevosita FHDYo boʻlimiga murojaat qilinishi lozim.
Yangi tartib 2023-yil 1-iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
M.EShMURODOVA, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶