YoNGʻIN - TILSIZ YoV, UNGA OʻZIMIZ SABABChIMIZ
Yongʻin kelib chiqishining oldini olish ishla-rini avvalo yangi qurilishni loyihalashtirishdan boshlash kerak. Birinchi oʻrinda yongʻin xavfsiz-ligiga qatʼiy rioya etish, qurilish jarayonida yongʻin xavfsizligini taʼminlash va qoʻshni binolarga zarar yetkazmaslik zarur
Bino ichida oʻzboshim-chalik bilan loyihadan tashqari qurilish ishlari olib borish va elektr tarmoqlarini payvand-lash hamda bino va xo-nalarning shift qismi yongʻin vaqtida tez yonuvchi modda va materiallar bilan yopilmasligi zarur. Chunki hozirgi paytda noturar va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obʼektlari tom va shiftlari asosan ana shunday materiallar bilan yopilmoqda. Biz qurilishning mustah-kamligiga yoki chidam-liligiga qarab emas, balki har kim oʻzining bor mablagʻiga qarab qurilish qilayotganiga guvoh boʻlayapmiz. Bu esa oʻz navbatida koʻngilsiz hodisalarga sharoit yaratibgina qolmasdan, yongʻin yuz berganda fuqa-rolarni qutqarish, evakua-tsiya ishlariga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Xurmatli tadbirkor-larimizga qurilish ishlari paytida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari, qurilayotgan obʼektning shift qismlarini plastik qoplamalar bilan qopla-maslik, maskanni birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan jihozlash, yongʻindan xabarlovchi avtomatik qurilmalarni oʻrnatishni tavsiya qilamiz.
B.ALLABERGANOV, tuman FVB Normativ-texnik boʻlinmasi boshligʻi.
B.TAJIBOYeV, tuman FVB boʻlinma boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶