“BUYuK ŞOH VA ŞOIR” MAVZUSIDAGI ADABIY-MUSIQIY TADBIR BARÇAGA MAʼNAVIY RUH BAĞIŞLADI
Buyuk şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni har yili nafaqat Bobur vatani – Özbekistonda, balki dunyoning juda köp mamlakatlarida şoh va şoir zakosiga çeksiz ehtirom sifatida keng nişonlanadi. Mamlakatimizda esa fevral oyining ilk haftasidanoq boşlangan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bağişlangan adabiy-musiqiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar butun fevral oyi davomida kötarinki ruhda davom ettiriladi.
Joriy yilning 13-fevral sanasida şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi Amudaryo Ixtisoslaştirilgan maktabining tantanalar zalida mazkur maktab öqituvçi va öquvçilar jamoasi bilan Amudaryo tumani madaniyat va turizm bölimi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbir bölib ötdi. “Buyuk şoh va şoir” mavzusida ötkazilgan tadbirda Amudaryo tumani turizm va madaniyat bölimi xodimlari bölim tarkibidagi madaniyat markazlarida faoliyat olib boruvçi tögaraklar aʼzolari, Amudaryo Ixtisoslaştirilgan maktabining adabiyotga qiziquvçi öquvçi-yoşlari iştirok etişdi.
Tadbirni maktabning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Muyassar Rahmatullayeva oçdi va Bobur ijodiy faoliyati, dunyo xalqlari tomonidan yuksak eʼtirof etilgan, hamon sevib öqilayotgan asarlari, bu asarlarning maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ahamiyati haqida qisqaça maʼlumot berdi.
Betakror şoir, yirik davlat va madaniyat arbobi, zakovatli olim, tarjimon, donişmand tarixçi, mohir sarkarda, yuksak maʼnaviyatli, oilaparvar, elparvar inson Z.M.Bobur juda qisqa, 47-yil umr kördi. U özining 47 yillik hayoti davomida asrlar oşa dunyo xalqlarini hayratga solib kelayotgan ijodi bilan hamon millatlar, elatlar, maʼnaviyatga, şeʼriyatga, ğazaliyotga oşna xalqlar tomonidan yuksak eʼtirofga, eʼtibor va hurmatga sazovor bölaoldi.
Şoh va şoir, betakror adib ijodining sarçaşmasi hisoblangan memuar asar – “Boburnoma” nafaqat milliy adabiyotimizning noyob durdonalaridan, balki jahon adabiyotining nodir namunalaridan sanaladi. “Boburnoma” öşa davr özbek adabiyotining nasr janrida yaratilgan yirik asarlardan biri sifatida muhim örin tutadi. Mazkur qomusiy asar dunyoning 30 dan ortiq tillariga tarjima qilingan va asarning tarjima nusxalari Bobur va boburiylar sulolasiga oid manbalar sifatida jahonning 70 dan ziyod muzeylarida saqlanmoqda.
Tadbirda Ixtisoslaştirilgan maktabning yoş adabiyot ixlosmandlari faqatgina Frantsiyaning Parij şahridagi kutubxonasida saqlanayotgani Bobur qalamiga mansub “Risolayi aruz” asarida aruzning 537 ta vazni haqida söz yuritilgan va Bobur bobomiz öz fikrini isbotlaş niyatida 70 dan ortiq ijodkorlarning asarlaridan misollar keltirganini, şuningdek şoirning yuksak salohiyatli tarjimonligini isbotlovçi “Risolayi volidiya” kitobi haqida faxrlanib söz yuritdilar. Şuningdek, öquvçilar şoir hayotining muayyan yillari bilan boğliq bölgan va bizgaça yetib kelgan 400 dan ortiq lirik asarlari, şundan 119 ta ğazal, 231 ta ruboiy, tuyuq, masnaviy va qitʼalari xususida maʼlumotlar berdilar.
Tadbirning adabiy-musiqiy qismida öquvçi-yoşlar Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar öqidilar, şoir ğazallari, ruboiy va tuyuqlarini yoddan aytişib, ularning maʼnolari, maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati haqida öz fikrlarini bildirdilar. Ayniqsa, maktab öquvçilari talqinidagi Bobur hayoti va ijodi haqidagi sahna körinişlari tadbir iştirokçilariga maʼnaviy ruh bağişladi.
Şuningdek, tadbirda Amudaryo tumani turizm va madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan Bobur ğazallari asosida tayyorlangan. “Mumtoz navolar” kontsert dasturi ham namoyiş etildi. Söz va navo uyğunligida ötkazilgan “Buyuk şoh va şoir” mavzusidagi tadbir barçaga maʼnaviy ruh bağişladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶