Umumtaʼlim maktablari rahbarlari uçun “Zamonaviy maktab liderlari” nigohida mavzusida seminar-trening ötkazildi
Joriy yilning 7-fevral sanasidan 10-fevraligaça Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar taşkil etilib, unda Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari, umumtaʼlim maktablari rahbarlari iştirok etişdi.
Tadbir iştirokçilari ixtisoslaştirilgan maktab rahbarlari bilan maktabni boşqariş, muammolarni jamoaviy hal etiş, öquvçilarning taʼlimi uçun muhim omillar borasida fikr va tajriba almaşdilar.
Amudaryo tumanidagi Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablari direktorlari uçun 9-fevral kuni Prezident taʼlim muassasalari Agentligi tizimidagi aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan maxsus maktabda taşkil etilgan seminar-trening ham qizğin bahs-munozaralarga boy tarzda ötdi.
Tadbirni ötkazişdan közlangan maqsad – Ixtisoslaştirilgan va Prezident taʼlim muassasalari tajribasini öqitiş va taʼlim-tarbiya uslubini barça maktablarga joriy etişga qaratilgani bois, maktablarning rahbarlari jarayonida faollik bilan iştirok etişdi.
Xususan, taʼlim va tarbiyaning uzviyligini taʼminlaşga qaratilgan hurmat va eʼtirofga ehtiyoj xavfsizlikka ehtiyoj, rivojlaniş va yaratuvçanlikka ehtiyoj, ijtimoiy munosabatga ehtiyoj, fiziologik ehtiyoj mavzulariga oid bahs-munozaralarda deyarli barça maktablarning rahbarlari öz şaxsiy fikr va munosabatlarini bildirdilar.
Seminar-treningda maktabgaça va maktab taʼlimi tizimidagi öquv muassasalari öqituvçilariga qöyiladigan kasbiy taʼlim samaradorligini taʼminlaş, ayniqsa, öquvçining qiziqişlari va ehtiyojini hisobga olgan holda taʼlim dasturlarini işlab çiqiş hamda amalga oşiriş böyiça fikr va tajriba almaşuv jarayonlari qiziqarli taassurotlarga boy böldi.
Ikki soatga möljallangan va törtta topşiriqdan iborat bölgan seminar-treningda birinçi galda soha vazirligi tomonidan ilgari surilayotga oliy maqsad – Ixtisoslaştirilgan hamda Prezident taʼlim muassasalari tajribasini barça maktablarda keng joriy etiş masalasini har bir maktab rahbarining çuqur anglaşini taʼminlaş bölib, buni iştirokçilar mamnuniyat bilan öz faoliyatlarida joriy etişga jiddiy harakat qilayotganliklarini bildirişdi.
Ikkinçi topşiriq – bola huquqlari Konventsiyasini tahlil etiş, maktablarda zamonaviy talab va qadriyatlarni uyğunlaştirişda eng samarador tizimni qöllaşida eʼtibor beriş kerak bölgan jihatlar bölsa, uçinçi topşiriq bitiruvçi portreti va zamonaviy öqituvçi portreti qanday, zamonaviy öquvçi va zamonaviy öqituvçi deganda köz oldimizda qanday inson namoyon bölişi xususida böldi. Törtinçi topşiriq – barça topşiriqlar içida ustuvor yönaliş hisoblanib, taʼlim va tarbiya sohasida haqiqiy şaffoflikni taʼminlaşga erişişdan iborat böldi.
Seminar-trening davomida maktablarning rahbarlari nafaqat tajriba va fikr almaşdilar, balki bugungi davr talablari darajasida taʼlim sifatini oşiriş böyiça nimalarga eʼtibor qiliş kerakligini, bu borada davlatimiz tomonidan qöyilayotgan talablarni ham tuşunib olişlarida muhim ahamiyatga ega bölgan kasbiy tuşunçalarga ham ega böldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶