“Tabiat va biz” mavzusida rasmlar tanlovi ötkazildi
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oşiriş” mavzusida eʼlon qilingan davlat granti tanlovida “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan qatnaşib, ğolib bölgan edi.
Loyihaning maqsadi atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilişining oldini oliş, uni aniqlaş va unga çek qöyişga, tabiatni muhofaza qiliş faoliyati samaradorligini oşirişga hissa qöşiş maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşirişdan iborat. Şuningdek, aholining ekologiyaga oid bilimlarini yanada kengaytiriş maqsadida uçraşuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar taşkil qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşiş ham grant loyihasining maqsadlari qatoriga kiradi.
Bu boradagi tadbirlar, amaliy işlar, uçraşuvlar va turli mavzulardagi inşolar tanlovlari loyihaning iş rejasiga asosan öz vaqtida ötkazib kelinmoqda.
Tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida aholi, ayniqsa yoşlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş, tabiiy resurslarni tejaşga daʼvat qiliş, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oşiriş maqsadida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti bilan hamkorlikda Manğit şahri va şahar atrofidagi hududlarda joylaşgan maktab öquvçilari örtasida “Tabiat va biz” mavzusida rasmlar tanlovi ötkazildi.
Tanlovda 42 nafar yoş möyqalam tutgan iqtidorli maktab öquvçilari iştirok etişdi.
Tanlovning oçiliş marosimida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi boşliği Bahodir Boltaboyev, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti raisi Örozali Reyimov, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, mazkur tanlov hakamlar jamoasi raisi, 69-sonli maktabning tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Malohat Boltaboyevalar sözga çiqib, tanlovning maqsadi hamda yoş rassomlar oldiga qöyiladigan talablar haqida gapirdilar.
Bölib ötgan mazkur tanlov tumanimizda kelajagi umidli yoş rassomlarning köp ekanligini yana bir bor namoyon qildi.
6-fevral kuni Amudaryo tumani Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş bölimi binosida mazkur tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Malohat Boltaboyeva, Sarvar Nurullayev, Manzura Aşirboyevalardan iborat hakamlar hayʼati xulosasiga köra ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Hakamlar xulosasiga köra 40-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Zafarjon Bahromboyev 1-, 1-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Maftuna Nurimbetova 2-, 57-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Otabek Norboyev 3-örinni egallaşdi.
56-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Dilşodbek Bozorboyev “Eng yaxşi qişloq tasviri”, 40-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Quvonçbek Toirov “Kompozitsion tasvir uçun”, 31-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi Çarosoy Jumaniyazova “Bunyodkorlik ğoyasi uçun” 27-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Asaloy Çorşamova “Eng yaxşi tabiatni asraş mavzusi uçun”, 30-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi Dilrabo Ikramova “Gözal tabiat tasviri uçun”, 42-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi Kumuşoy Hayitboyeva “Eng yorqin tabiat tasviri uçun” nominatsiyalarida ğolib deb topildilar.
Ğolib va sovrindorlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovğalar va “Faxriy yorliq”lar topşirildi.
Örozali Reimov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶