16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:42
Salomatlik 👁 336

TOʻLQIN OVULIDA "QIShLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI SALOMATLIGI OYLIGI" DOIRASIDA TIBBIY KOʻRIK TAShKIL ETILDI

TOʻLQIN OVULIDA "QIShLOQ XOʻJALIGI XODIMLARI SALOMATLIGI OYLIGI" DOIRASIDA TIBBIY KOʻRIK TAShKIL ETILDI

Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda 1-fevraldan 1-martgacha “Qishloq xoʻjaligi xodimlari salomatligi oyligi” aktsiyasi joriy etilib, hududlarda oylik doirasidagi tadbirlar boshlab yuborildi. Amudaryo tumanida ham aktsiya doirasida oylik davomida turli tadbirlarni tashkil etish rejalashtirildi.

4-fevral kuni Toʻlqin ovulida aktsiya doirasida hududdagi fermerlar, dehqon, bogʻbonlar, klaster xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Shu kuni erta tongdan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Tulkin oilaviy shifokorlik punkti binosi fermer xoʻjaligi ishchilari va boshqa agrar soha vakillari, ularning oila aʼzolari bilan gavjum boʻldi.

Mazkur tibbiyot maskanida tuman Tibbiyot birlashmasining kardiolog, akusher-ginekolog, endokrinolog, ultratovush tekshiruvi kabi mutaxassis-shifokorlari hamda oilaviy shifokorlar ishtirokidagi tibbiy koʻrik boshlab yuborildi. Ovuldagi qishloq xoʻjaligi xodimlari EKG, laborator tekshiruvlari, profilaktik va chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar hamda skriningdan oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik jarayonida kardiolog shifokor tomonidan 25 nafar fuqaroda, endokrinolog shifokor tomonidan 35 nafar fuqaroda kasalliklar aniqlandi. Shundan 7 nafariga birlamchi kasallik tashxisi qoʻyildi. Akusher-ginekolog koʻrigidan 50 nafar tugʻish yoshidagi ayollar koʻrikdan oʻtkazildi, bolalar shifokori tomonidan 1 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 51 nafar bolalar koʻrilib, 3 nafarida kasallik aniqlandi. Ularga salomatligini tiklash, sogʻlomlashtirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida ambulator va statsionar davolanish muolajalari tavsiya qilindi. Shuningdek, qoʻshimcha 103 nafar fuqaro ultratovush tekshiruvi, 25 nafari EKG tekshiruvlaridan oʻtkazildi.

Aktsiya doirasida tibbiy koʻrikka tashrif buyurgan ovul fermerlari, dehqon va bogʻbonlar, klaster xodimlari va ularning oila aʼzolariga tuman Tibbiyot birlashmasi valeolog shifokori, ovuldagi oilaviy shifokorlik punkti shifokorlari, patronaj hamshiralar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtishning ahamiyati toʻgʻrisida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari kun tartibiga amal qilish, sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish, sogʻlom turmush asosi boʻlgan jismoniy faollikni odatga aylantirish kabilarning salomatlikni asrashdagi ahamiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berib oʻtishdi.

Undan tashqari, suhbatlar oʻtkazilib, ishtirokchilarning tibbiyotga, kasalliklarning oldini olishga doir savollariga toʻliq javoblar berildi. Tibbiyot xodimlari tomonidan mavsumiy va yuqumli kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish kabi mavzulardagi bukletlar, eslatmalar ham tarqatildi. Tadbirda namoyish etilgan videoroliklar orqali ham oʻz sogʻligiga eʼtiborsiz boʻlish, sogʻlom turmush tarziga amal qilmaslik, kamharakatlilik va tartibsiz ovqatlanish, sifatsiz yarim tayyor mahsulotlarni isteʼmol qilish hamda zararli odatlarga berilishning salbiy oqibatlari koʻrsatib berildi.

Ovuldagi qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari oʻzlarining salomatliklarini asrashga qaratilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun tibbiyot xodimlariga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.

 J. Yavkashev, tuman TTB tashkiliy-uslubiy boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026