16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:13
Siyosat 👁 473

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI SAMIMIY MULOQOT TARZIDA OʻTDI

DARYoBOʻYI MAHALLASIDA HOKIM VA YoShLAR UChRAShUVI SAMIMIY MULOQOT TARZIDA OʻTDI

Bugungi yoshlar – mamlakat iqtisodiyoti, siyosiy-maʼnaviy, ijtimoiy va madaniy hayotining ertangi kungi qudratli lokomativlaridir. Bu haqda Prezidentimiz har galgi uchrashuvlarida ham faxr, ham ishonch bilan taʼkidlashlari bejiz emas. Shu bois, mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari, oʻz qobiliyat va iqtidorlarini amalda namoyon etishlari uchun barcha zarur sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgan.

Mamlakat rahbaridan tortib, quyi boʻgʻin rahbarlarigacha yoshlar hayotiga oid muammolarni oʻrganish, mavjud muammolarni joylariga chiqqan holda ijobiy hal etishga koʻmaklashish maqsadida oʻtkazilayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari samimiy muloqot maydoniga aylanmoqda.

Joriy yilning 2-fevral sanasida boʻlib oʻtgan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev bilan Daryoboʻyi mahallasi yoshlarining uchrashuvi ham shaffoflik, oshkorolik va samimiy muloqot ruhida oʻtdi.

Hokim va yoshlar uchrashuvida Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman hokimning sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari, Yoshlar agentligi mutaxassislari, Daryoboʻyi mahalla fuqarolar yigʻini hamda hududdagi idora va tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda yoshlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev mamlakatimizda, shu jumladan tumanimizda yoshlarning intillektual salohiyatini yuksaltirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish orqali ish bilan bandligini taʼminlash, «bir nuroniyga oʻn yosh» tamoyili asosida yoshlar hayotiga doir muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida toʻxtalib, Arna boʻyi mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar orasidan yetishib chiqayotgan tadbirkorlar, fermer xoʻjaliklari rahbarlari, nufuzli oliy taʼlim dargohlari talabalari haqida faxrlanib soʻz yuritdi.

Hokim yoshlar bilan uchrashuv davomida hududdagi muammoli yoshlarning murojaatlari bilan yaqindan tanishib, ular bilan samimiy muloqotda boʻldi. Xususan, 1995-yilda tugʻilgan Sirojiddin Ametov oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida ekanligini bildirib, buning uchun imtiyozli kredit mablagʻi olishda yordam soʻrab murojaat qildi. Uning murojaati joyida oʻrganilib, mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisining koʻmagi bilan amaliy yordam koʻrsatish choralari koʻrildi.

Shuningdek, 2002-yilda tugʻilgan Ruslan Alimboyevning murojaati ham ijobiy yechim topdi. OTM talabasi boʻlgan Ruslan Alimboyevga toʻlov-shartnoma boʻyicha mablagʻining bir qismini toʻlab berishda amaliy yordam koʻrsatiladigan boʻldi.

Mahallada istiqomat qiluvchi, 1995-yilda tugʻilgan Islom Oʻrozboyevning toza ichimlik suvi inshooti joylashgan hududdan ancha olisda yashashini, shu bois, oila aʼzolarining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishida muammo borligini, bu masalada yordamga muhtoj ekanligini bildirib qilgan murojaati ham tuman hokimining topshirigʻi va mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisining amaliy yordami bilan suvni tozalash uskunasi olib berish orqali ijobiy hal etildi.

Daryoboʻyi mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan hokim va yoshlar uchrashuvi davomida mahalla yoshlari mamlakatimizda, xususan, tumanimizda ham yoshlar hayotiga oid muammoli masalalar doimiy nazoratga olinib, ijobiy yechim topayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026