MAKTABLAR AMALIYoTÇI PSIXOLOGLARI IŞTIROKIDA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Maktab sinfxonasida ötirgan har bir öquvçi har xil oilaviy muhitda tarbiya topgan, turliça xarakterga ega bölişini inobatga olsak, öqituvçi ularga fan asoslarini çuqur örgatişi, darslarni hamma öquvçi ham özlaştira olişiga erişişi ança murakkab jarayon ekanligi ravşan böladi. Çunki bola maktab yoşiga yetgan vaqtida uning şaxsiy xususiyatlari, dunyoqaraşi va xarakteri ança şakllangan böladi.
Mamlakatimizdagi umumiy örta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan amaliyotçi psixologlar bu borada fan öqituvçilariga yaqin kömakdoş böladi. Ular özi işlayotgan muassasada öquvçilar va ustozlar orasida döstona munosabat örnatilişi, öquvçilarda öz maktabiga, ustozlariga, sinfdoşlariga hurmat hissini tarbiyalaşga masʼuldirlar. Şuningdek, öquvçilar rivojlanişiga tösqinlik qiluvçi omillar bor yoki yöqligini aniqlaydi va psixologik yordam beradi. Pedagogik jamoa bilan mavjud muammolarni hal etiş çoralarini köradi.
Maktab psixologi öquvçilar şaxsining individual xususiyatlarini inobatga olib, ularning izlanişini, intilişlarini qöllab-quvvatlaydi va salohiyatli bölib voyaga yetişiga kömaklaşadi.
Şu yilning 30-yanvarida Manğit şahridagi 38-sonli maktabda tumanimizdagi umumiy örta taʼlim maktablarida mehnat qilayotgan amaliyotçi psixologlari uçun yiğiliş bölib ötdi. Unda maktablar amaliyotçi psixologlaridan taşqari tuman xotin-qizlar qömitasi raisi Gözal Soburova, tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Gulbahor Öroimbetova, tuman Xalq taʼlimi bölimi metodist psixologlari Tatyana Pirlepesova, Nurbek Seyitboyevlar iştirok etdilar.
Yiğilişda umumiy örta taʼlim maktablarida taʼlim-tarbiya sifatini oşirişda, öquvçilar intillektual salohiyatini oşirişda psixologlarning pedagogik jamoaga yordamini bugungi kun talablari darajasida taşkil etiş, yoş avlod tarbiyasida masʼuliyatini oşiriş masalalari muhokama etildi.
Tadbirda uşbu mavzuda tuman hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi Gözal Soburova, maktab öquvçilarida yoşga doir sodir böladigan özgarişlar, ulardagi bu özgarişlarga oqilona munosabatda bölişning ahamiyati xususida tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokori Gulbahor Örozimbetova, maktablar amaliyotçi psixologlarning taʼlim sifatini oşiriş yölida olib borayotgan işlari xususida tuman Xalq taʼlimi bölimi metodist psixologi Tatyana Pirlepesovalar maʼruza qildilar.
Şuningdek, yiğiliş kun tartibidagi masalalar yuzasidan 84-sonli maktab amaliyotçi psixologi Nigora Saparova, 11-sonli maktab amaliyotçi psixologi Dilnoza Şomurodovalar ham öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yiğilişida voyaga yetmaganlar orasida noxuş holatlar sodir bölişining oldini oliş, huquqbuzarliklar sodir etilişiga yöl qöymaslik, öquvçilar eʼtiborini taʼlim oliş, fan asoslarini çuqur egallaşga jalb etiş borasida maktablar amaliyotçi psixologlarining örni muhim ekanligi taʼkidlandi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶