XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAŞINING BIRINÇI SESSIYaSI TÖĞRISIDA AXBOROT
2015-yil 10 yanvar kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining birinçi sessiyasi bölib ötdi.
Sessiya majlisini 24-Oq oltin saylov okrugidan deputat Rim Örozboyev kiriş sözi bilan oçdi va olib bordi. Sessiyada 2014-yil 21-dekabrdagi saylovda va 2015-yil 4-yanvardagi takroriy ovoz berişda xalq deputatlari tuman Kengaşiga saylangan 30 nafar deputatlar qatnaşdi. Sessiyada Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Musa Yerniyazov iştirok qildi. Şuningdek, sessiya majlisiga hokimlik masʼul xodimlari, hokimlik bölimlari, huquq-tartibot organlari, jamoat taşkilotlari rahbarlari, fuqarolar yiğinlari oqsoqollari va ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etildi.
Sessiya kun tartibiga "2014-yil 21-dekabr kuni bölib ötgan saylovning va 2015-yil 4 yanvardagi takroriy ovoz berişning natijalari böyiça tuman saylov komissiyasi raisining axboroti haqida”gi masala hamda taşkiliy masala havola qilindi.
Sessiya kotibligiga 30-Nazarxon saylov okrugidan tuman Kengaşi deputati Guljaxan Ibraimova saylandi.
Kun tartibidagi birinçi masala böyiça tuman saylov komissiyasi raisi örinbosari Uluğbek Abduraxmonov axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, 2014-yilning 21-dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga va xalq deputatlari tuman Kengaşiga ötkazilgan saylovlar jamiyatimiz hayotidagi katta siyosiy voqealarning biri böldi. Saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş bilan boğliq barça tadbirlar saylov töğrisidagi qonunlarga qatʼiy amal qilgan holda, demokratik asosda oşkoraviy tarzda uyuşqoqlik bilan amalga oşirildi.
Tuman böyiça 117673 nafar kişi saylovçilar röyxatiga kiritildi va 2014-yil 21-dekabr kungi saylovda ularning 111303 nafari, yaʼni 94,6 foizi iştirok etdilar. Ovoz beriş natijalariga köra, 30 ta saylov okrugidan deputatlikka körsatilgan 104 nafar nomzoddan saylov kuni saylovçilarning 50 foizdan ortiq ovozini olgan 29 nafari deputat qilib saylandilar va röyxatga olindilar.
Xalq deputatlari tuman Kengaşiga 2-Çordara saylov okrugida ovozga qöyilgan 4 nafar nomzodlarning heç biri saylovçilarning 50 foizidan ortiq ovozini olaolmaganligi uçun eng köp ovoz olgan ikki nomzod böyiça uşbu saylov okrugida 2015-yil 4-yanvar kuni takroriy ovoz beriş ötkazildi.
Tuman saylov komissiyasining axboroti maʼlumot uçun qabul qilindi va tuman Kengaşiga saylangan 30 nafar deputatlarning vakolati eʼtirof etildi.
Sessiya kun tartibidagi ikkinçi masala böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Musa Yerniyazov sözga çiqdi.
U öz sözida tumanimizda barça sohalarda erişilayotgan yutuq va natijalarni tilga olib, oldimizda turgan muhim vazifalarni taʼkidlab ötdi hamda Rajapbay Yöldaşevni yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlaş haqidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining farmoyişini öqib eşittirdi.
Deputatlar uşbu qarorni bir ovozdan maʼqulladilar. Rajapbay Yöldaşev yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlandi.
Tuman hokimi Rajapbay Yöldaşev sözga çiqib, Respublika rahbariyatiga işonçi uçun minnatdorçilik bildirib, bundan keyin ham tuman hokimi lavozimida fidoyilik bilan iş olib borişini taʼkidladi.
Kun tartibidagi masala böyiça sözga çiqqan 4-"Döstlik” saylov okrugidan deputat, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi raisi örinbosari Madamin Kazakov, 5-Beruniy saylov okrugidan deputat, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xöjamuratova va 14-"Paxtakor” saylov okrugidan deputat, Qiliçboy muqobil maşina traktor parki raisi, "Amirxon” fermer xöjaligi boşliği Otaxon Qurboniyozovlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisining Rajapbay Yöldaşevni yangi muddatga Amudaryo tumani hokimi etib tayinlaş haqidagi taklifini qöllab-quvvatladilar va tuman hokimining işlariga omad tiladilar.
Şuningdek, sessiyada Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi Reglamentining 54-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengaşi sessiyalariga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda körib çiqiş va tayyorlaş uçun öz vakolatlari muddatiga jamoatçilik asosida faoliyatni amalga oşiruvçi 6 ta doimiy komissiyalar tuzildi va doimiy komissiyalar raislari hamda aʼzolari saylandi.
Tuman Kengaşiga saylangan deputatlar iştirokidagi Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi va "Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi deputatlaridan iborat deputatlar guruhlari röyxatga olindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining
axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶