16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:31
Siyosat 👁 418

Gulzor mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Gulzor mahallasida tuman hokimining sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. Mazkur ezgu maqsadni roʻyobga chiqarish, yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganish maqsadida tashkil etilayotgan hokim va yoshlar uchrashuvlari yuqoridagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

26-yanvar kuni Amudaryo tumanining Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini binosida tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashevning sayyor qabuli va yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Mahmud Shermetov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailov hamda mahallaning faol yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻnggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Shu bilan birga, joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga doir koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilayotganini aytib oʻtdi.

Uchrashuvda yoshlar oʻz muammo va takliflari bilan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Jumladan, mahallaning faol yoshlaridan Dinora Yangiboyeva oʻzining tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchi ekanligini ammo, buning uchun boʻsh bino zarurligini aytib, tuman hokimiga murojaat qildi.

Shuningdek, yoshlardan Nilufar Tursinbayeva hamda Ozoda Berdiboyevalar oliy taʼlim muassasasida oʻqiyotganligini, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt toʻlovini toʻlash muammo boʻlayotganiligini bildirib, amaliy yordam soʻrashdi.

Mahalla yoshlaridan yana biri Dilshodbek Soatboyev esa tuman hokimiga oilaviy sharoitini, aytib haydovchilik guvohnomasini olish uchun badal pullarining qoplab berilishida amaliy yordam soʻradi.

Yoshlardan kelib tushgan murojaatlarning barchasi ijobiy hal etiladigan boʻldi. Bu boʻyicha Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailovga hamda Gulzor mahallasining hokim yordamchisi Akbar Rajabovga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Yigʻilishda yoshlarning biznes tashabbuslari, Start-up gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish hamda qoʻllab-quvvatlash, band boʻlmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar va biznes yuritish koʻnikmalariga oʻqitish, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini taʼminlash muhim vazifalardan biri ekanligi va bu masalaga tuman hokimligi va sektor rahbariyati doimiy eʼtibor qaratishi taʼkidlandi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev mamlakatimizda yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlar faqat yoshlar uchunligini taʼkidlab, ularning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026