MAHALLALAR OBOD GOʻShAGA AYLANADI
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq bilan doimiy muloqotda boʻlish va turmush farovonligini yanada oshirish, ayniqsa qishloqlar infratuzilmasini zamon talablari darajasiga koʻtarish maqsadida hududlarda sektorlar rahbarlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgani koʻplab muammolarni joyida va tezkor hal etish imkonini bermoqda.
Tuman hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish va infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida ajratilgan mablagʻlar hisobidan 3-sektor hududida qurilish-taʼmirlash, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, hududdagi ovul va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 1580,6 mln. soʻmlik 5 ta loyihani amalga oshirish 2022-2023-yil rejasiga kiritildi.
Xususan, 3-sektor hududidagi Jumurovul mahallasining Shijoatli koʻchasida istiqomat qiluvchi aholi uchun qulaylik yaratish, mazkur koʻchaning 1,2 km. qismini joriy taʼmirlash maqsadida 222,5 mln. soʻmlik mablagʻ ajratildi.
Shuningdek, Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻini hududidagi uzunligi 2,433 km. boʻlgan Yangi hayot-1-, 2-uchastka, Boʻzariq-1-, 2-, 3-uchastka koʻchalarini, Durunki mahallasi hududidagi uzunligi 0,392 km. boʻlgan Turkiston koʻchasini, Boyovul mahallasi hududidagi uzunligi 0,610 km. boʻlgan Bahor koʻchasini, Oq oltin ovul fuqarolar yigʻini hududidagi uzunligi 1,097 km. boʻlgan Dehqonobod-1 va Dehqonobod-2 koʻchalarini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.
Ayni paytda barcha obʼektlarning tender savdolari nihoyasiga yetib, belgilangan tartibda pudratchi tashkilotlari aniqlandi va 5 ta obʼektda ham qurilish ishlari boshlanmoqda.
J.YuSUPOV, tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶