Qipçoq ovulida hokim yordamçisi aholiga hisobot berdi
24-yanvar kuni Amudaryo tumani 1-sektor hududidagi Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida hokim yordamçisi sifatida öz iş faoliyati olib borayotgan Maʼmurjon Temirboyev ovul vakillariga ötgan 2022-yil davomida amalga oşirgan işlari hamda 2023-yilga möljallangan rejalari hususida hisobot berdi.
Yiğilişda Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi Koraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi boş yuriskonsulti Aydos Seytkamalov hamda Murojaatlar bilan işlaş buyiça bölim boşliği Berdax Umirbayev, Amudaryo tumani Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazi direktori Siroj Örazmatovlar iştirok etişdi.
Hokim yordamçisi ötgan 2022-yil davomida mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligini taʼminlaş hamda aholini tadbirkorlikka keng jalb etiş maqsadida salmoqli işlarni amalga oşirdi.
Jumladan, 635 ta xonadonda istiqomat qiluvçi 3764 nafar aholi orasidan işsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj, doimiy daromad manbaiga ega bölgan, ammo qöşimça daromad topişni istayotgan oilalar aniqlandi. Hokim yordamçisining kömagi bilan 56 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi.
Şuningdek, doimiy daromad manbaiga ega lekin qöşimça daromad topiş istagidagi fuqarolarning 5 nafari issiqxona, 17 nafari tikuvçilik, 4 nafari asalariçilik, 3 nafari parrandaçilik, 6 nafari çorvaçilik, 21 nafari xizmat körsatiş yönalişlari böyiça öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyişdi. Undan taşqari, 11 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga subsidiya ajratildi.
Umuman olganda, hokim yordamçisi tomonidan 2022-yil davomida Qipçoq ovuli hududida katta ijobiy özgarişlar amalga oşirildi. Xususan, 14 ta yangi tadbirkorlik subʼektlari barpo etildi, 120 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Uşbu fuqarolarning örtaça oylik daromadlari esa 1,5-2 mln. sömni taşkil etmoqda.
Yiğiliş davomida hokim yordamçisi Maʼmurjon Temirboyev Qipçoq ovul fuqarolar yiğinida 2023-yil davomida amalga oşiriladigan rejalar bilan ham taniştirib ötdi.
Taʼkidlanganidek, mahalladagi iqtisodiy holat, şu jumladan, aholining bandlik darajasi, oilalarning daromad manbalari, tomorqa yerlaridan foydalaniş holatlari hamda daromadli mehnatga bölgan intilişlari va ehtiyojlarini qöllab-quvvatlaş davom ettiriladi. Yer maydonlarda boğdorçilik, uzumçilik, poliz va sabzavotçilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetiştiriş orqali eksportbop qişloq xöjaligi ekinlari ekiş köpaytiriladi hamda aholining keng qatlamlari tomonidan uşbu yerlardan samarali foydalaniş tizimi yaratiladi.
Şuningdek, 2023-yil yakuniga qadar 135 nafar fuqaroni doimiy işga joylaştiriş, 140 nafar fuqaroning özini-özi band qilişiga kömaklaşiş, yer ajratiş hisobiga 50 nafar fuqaroning bandligini taʼminlaş, ovulning içki köçalariga 40 ta yangi simyoğoç, 60 ta tungi çiroqlar örnatiş, 2 ta ijtimoiy soha obʼektlarining işga tuşirilişiga kömak beriş közda tutilmoqda.
Yiğiliş davomida aholi vakillari hokim yordamçisiga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegişliça javoblar olişdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶