Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 57-sessiyasi töğrisida axborot
2023-yil 21-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining navbatdagi – 57-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyani tuman hokimi — Kengaş raisi Sultonboy Yöldoşev oçdi va olib bordi.
Sessiyada deputatlar, sektor rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiya kotibligiga 11-Örta qala saylov okrugidan deputat Hamro Xöjayev saylandi.
Sessiyada dastlab Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça sektorlar tomonidan 2022-yil davomida bajarilgan işlar va 2023-yilning birinçi yarim yilligi uçun “Yöl haritalari”ni tasdiqlaş töğrisida sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yöldaşev tomonidan qayd etilganidek, 1-sektor hududida “Temir daftar”ga kiritilgan 597ta oilaning 587tasi, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan 592 nafar yoşlarning 578 nafariga amaliy yordamlar körsatilib, daftarlardan çiqarildi. Şuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 933 nafar ayol-qizlarning doimiy daromad manbalari yaratildi. Sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturi doirasida umumiy qiymati 30,7 mlrd. sömlik 26 ta loyihalar işga tuşirilib, 132 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Sessiya işida tuman prokurori örinbosari Pölat Bekniyazov 2-sektorda amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berdi. Hisobotda taʼkidlanganidek, joriy 2023-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş maqsadida 2-sektor hududida umumiy qiymati 1 mlrd 981 mln. sömlik 3 ta loyihalar amalga oşirilişi natijasida mahalla va ovullardagi mavjud muammolarni bartaraf etiş rejalaştirilgan. Hisobotda şu va boşqa yönalişdagi işlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman Içki işlar bölimi boşliği – 3-sektor rahbari Jamaladdin Yusupov hisobot berdi. Taʼkidlanganidek, 2022-yil davomida 3-sektor tomonidan 42 ta sayyor qabul ötkazilib, ikki marta böş iş örinlari yarmarkasi taşkil etilgan. Şuningdek, “Temir daftar”dagi 790 nafar, “Ayollar daftari”dagi 960 nafar, “Yoşlar daftari”dagi 596 nafar yoşlarning barçasiga turli yordamlar körsatilib, daftarlardan çiqarilgan.
4-sektor rahbari − tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seyitov ham kun tartibidagi masala yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda qayd etilişiça, 3-bosqiç “Ayollar daftari”ga kiritilgan 610 nafar xotin-qizlarning barçasiga turli yordamlar körsatilib, daftardan çiqarilgan. Şundan, uy-joyga muhtoj 13 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning 6 nafari mahalliy byudjet va homiylar yordami hisobidan uy-joy bilan taʼminlangan.
Sessiyada tuman Xalq qabulxonasi, sektorlar va hududdagi taşkilotlar rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan işlaş holati yuzasidan tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabovning hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etib ötilganidek, 2022-yil davomida Xalq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan 2677 ta murojaatlar kelib tuşgan. Murojaatlarning 2345 tasi qanoatlantirilgan bölsa, 1830 tasi ijobiy hal qilingan.
Tumanda jamoat xavfsizligini taʼminlaş natijalari, hududda sodir etilgan oğir va öta oğir turdagi jinoyatlar sabablari va kelgusida ularning oldini oliş masalasi böyiça Amudaryo tuman içki işlar bölimi boşliğining örinbosari Şarapat Joldasbayev sessiyada hisobot berdi.
Hisobotda aytib ötilganidek, 2022-yil davomida tumanda profilaktika inspektorlari tomonidan jami 4750 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, şulardan 811 tasi ayollarga, 3939 tasi erkaklarga nisbatan tuzilgan va 127 tasiga maʼmuriy qamoq jazosi qöllanilgan.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimligi Bolalarni himoya qiliş şöʼbasi rahbari Jahongir Xolmurodovning axborot tinglandi. Axborotda keltirilişiça, tumanda “Mehr daftari” elektron platformasiga jami 38 ta yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar kiritilib, yaşaş şaroitlari, muammo va qiziqişlari örganib çiqilgan hamda 12 ta çin va ijtimoiy yetim bolalarning muammolarini hal etiş yuzasidan “Yöl xaritasi” işlab çiqilib, ijrosi töliq taʼminlangan.
Şundan keyin sessiyada byudjet jarayonida fuqarolarning faol iştirokini taʼminlaş maqsadida “Taşabbusli byudjet” jarayonining 2022-yil 4-çorak yakunlari yuzasidan tuman Moliya bölimi mudiri Uluğbek Bekniyazovning hisoboti tinglandi. Taʼkidlanganidek, 2023-yil 1-yanvar holatiga “Taşabbusli byudjet” jarayonining ikkinçi mavsumida jami 6 taklif böyiça pudratçi taşkilotlar tomonidan 3 mlrd. 607 mln 700 ming sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari bajarilgan.
“Taşabbusli byudjet” jarayonining ikkinçi mavsumida ğolib bölgan takliflarda asosan içki yöllarga asfalt qoplamasini yotqiziş közda tutilgani va havo haroratining keskin pasayib ketişi sababli quriliş-taʼmirlaş işlari vaqtinçalik töxtatilgan.
Sessiyada tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Palvanovning ham hisoboti tinglandi. Hisobotda qayd etib ötilganidek, tumanda mavjud jami umumiy maydoni 212,5 gektar, şundan ekin maydonlari 199,1 gektar bölgan uçastkalar “e-auksion” elektron platformasiga qöyilmoqda. Deputatlar mazkur yer uçastkalarini oçiq elektron tanlovga çiqariş böyiça tayyorlangan loyihalarni körib çiqib, tasdiqladilar.
Sessiyada Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi. Barça masalalar atrofliça körib çiqilib, tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶