Iqtisodiyot
👁 508
Aholiga soliq imtiyozlari haqida keng tuşunçalar berilmoqda
Joriy yilning 18-yanvar kuni 4-sektor rahbari tuman soliq inspektsiyasi boşliği A.Seitov Navoiy va Beruniy MFYlarga borib aholini Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgust kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari tuğrisida”gi PF-213-sonli farmon böyiça Qorqalpoğiston Respublikasiga berilgan soliq imtiyozlari va yengiliklari hamda 2022-yil 30-dekabr kungi “Respublika hududlarini toifalarga ajratiş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşning tabaqalaştirilgan tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-287-sonli farmonlarining maʼzmun mohiyati böyiça keng tuşuntirişlar berdi.
Jumladan, PF-213-son farmonga asosan 2023-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvargaça bölgan davrda:
-foyda soliği, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan va yer soliği böyiça soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi;
-ijtimoiy soliq kamaytirilib 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasida belgilandi;
-yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tölanayotgan ijtimoiy soliq şaharlar hududida faoliyat yuritayotganlar uçun 12 barovargaça, tumanlarda faoliyat yuritayotganlar uçun 6 baravarga kamaytirilib, yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining bir barobari miqdorida belgilanadi.
PF-287-son qaror böyiça 2023-yil 1-yanvardan boşlab respublika tuman va şaharlarini 5 ta toifaga ajratildi.
Amudaryo tumani 4-toifaga kiritildi, bunda tumanda röyxatdan ötgan va şu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subʼektlari (yirik soliq tölovçilar, doimiy muassasa, byudjet taşkiloti va davlat korxonasi, ustav jamğarmasi (kapitali)da davlat uluşi 50 foiz va undan köproq miqdorda bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) uçun aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy soliq stavkasi 3 foiz etib belgilanadi. Bunda, qonunçilikda nazarda tutilgan hollarda mazkur soliq böyiça pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolinadi;
g) Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengaşlariga 4-toifadagi tumanlar böyiça:
yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça Soliq kodeksi bilan belgilangan eng kam qiymatlarga 0,3 gaça;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği böyiça 0,5 gaça kamaytiruvçi koeffitsiyent kiritiş huquqi beriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶