Tuman hokimining shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi
2023-yil 16-yanvar kuni tuman hokimligi binosida tuman hokimi S.Yoʻldashevning shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi.
Qabulda 32 nafar fuqarolardan 34 ta murojaat kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlar asosan moddiy yordam ajratish, subsidiya asosida uy-joy olish, ishga joylashishga koʻmaklashish, turar-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashish, kuz-qish mavsumida koʻmir ajratib berish, sogʻligini tiklashga koʻmaklashish hamda davolanishlari uchun yoʻllanma berish, dehqonchilik qilish uchun yer maydoni ajratib berish, mulk huquqini eʼtirof etish hamda kommunal xizmat koʻrsatishga oid masalalar xususida boʻldi.
Kelib tushgan 34 ta murojaatning 8 tasi joyida ijobiy hal qilingan boʻlsa, 14 murojaat huquqiy maslahat berish orqali hal qilindi. 7 ta murojaat egalariga tushuntirishlar berildi. 5 ta murojaat koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.
Maʼlumot uchun, 2022-yilda tuman hokimining 47-marta shaxsiy qabullari oʻtkazilgan boʻlib, ularda 1549 nafar fuqaro qabul qilingan. Moddiy yordam soʻrab murojaat qilgan 46 nafar fuqaroga tuman hokimi tomonidan 12 670 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶