ASKAR ÖĞLINING QARORIDAN MAMNUN ONA
Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan gözal bir fazilati bor: yangi oila qurayotgan yoşlarga tölib-toşib baxt-saodat tilaş bilan birga, albatta “unib-ösinglar, boşlaringizda soyabon, atrofingizda metin qörğon bölgulik öğillar köringlar”, – deyişadi. Bu – yoş oilaning ona Vatan tinçligiga daxldor juftlik sifatida eʼtirof etilişidir.
Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida istiqomat qiluvçi Muzaffar Qöçqorov bilan Dildora Avezboyevalarning birgalikdagi hayoti ham ana şunday tilaklar bilan boşlandi. Özaro mehr-oqibat, bir-birovga izzat-hurmat asosiga qurilgan oilada biri-biridan şirin ikki öğil dunyoga kelganida Muzaffar bilan Dildoraning quvonçlariga nafaqat yaqinlari, balki döstlari, qöni-qöşnilari ham şerik bölişdi.
Yillar bilan böy talaşib, ulğaygan öğillarining kattasi Nurbek otasiga yordamçi böldi, yakka tadbirkorlik yönalişini tanladi. Begzod esa özi taʼlim olgan 55-sonli maktabda öqib yurgan kezlaridanoq harbiy böliş orzusi bilan ulğaydi va harbiylar hayotiga oid kitoblarni öqiş, maktabdagi çaqiriqqa qadar tayyorgarlik fanini puxta özlaştiriş uning sevimli maşğulotiga aylandi. Öqişdan böş vaqtlarida mustaqil ravişda futbol sporti bilan şuğullandi, çiniqiş maşğulotlarida qatnaşdi. 2022-yilning yanvar-fevral oylarida u muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan tengqurlari qatori Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi tomonidan taşkil etilgan tibbiy, axloqiy-maʼnaviy, jismoniy yetuklik böyiça köriklardan ötib, maʼnaviy-maʼrifiy va nazariy sinovlarni muvaffaqiyatli topşirdi. Mart oyida muddatli harbiy xizmat burçini ado etiş uçun jönab ketdi.
Andijon viloyatining Paxtaobod tumani hududidagi Davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tarkibida öz xizmat burçini ado etişga kirişgan Begzod özining qiziquvçanligi, qolaversa, mustaqil ravişda futbol sporti va jismoniy çiniqiş maşqlari bilan şuğullangani uçun harbiy hayotga juda tez könikdi. Çaqqonligi va kism komandirlari tomonidan berilgan topşiriqlarni aʼlo darajada bajarişi bilan quroldoş döstlariga namuna bölaoldi.
Muddatli harbiy xizmat burçini ado etayotgan barça safdoşlari qatori Begzod Örozboyev ham ayni kunlarda harbiy-jismoniy va nazariy test sinovlarini topşirmoqda.
- Öğlim sinovlardan aʼlo darajada ötayotgan ekan, - quvonç bilan sözlaydi uning onasi Dildora Avezboyeva. – Begzodjon xizmat qilayotgan harbiy qismdan taşakkurnomalar, “şunday farzandni tarbiyalaganingiz uçun rahmat”, - degan minnatdorçilik xatlarini olganimda köksim toğday yuksaladi. Begzodjon harbiy xizmatga jönab ketayotib menga söz bergan: “albatta harbiy bölaman, ona Vatanni himoya qilaman!”, - degan!
Onaning farzandidan roziligi ham, farzandiga işonçi ham uning mamnuniyat balqib turgan yuz-u közlarida ayon. Dildoraxon ham Begzodjonning tanlovidan, erişayotgan yutuqlaridan mamnun. Çunki Begzodjon Örozboyev özi xizmat qilayotgan davlat xavfsizlik xizmati çegara qöşinlari tarkibidagi harbiy qism qömondonligining tavsiyasi, qolaversa, öz hohişi bilan muddatli harbiy xizmat burçini ötab bölgaç, şartnoma asosida xizmatni davom ettirişga qaror qilgan.
- Bahor kelişini intiqib kutayapmiz, - deydi Dildoraxon. – Begzodjonni harbiy libosda köriş ona sifatida menga faxr-iftixor bağişlaydi. U özi orzu qilganiday ona Vatan himoyaçisi bölib, harbiy xizmatni davom ettiriş uçun yana özi xizmat qilgan qismga jönab ketadi. Ilohim, öğlim va u kabi barça Vatan himoyaçilari omon bölsinlar.
Biz ham askar öğlining qaroridan mamnun Dildoraxon Avezboyevaga va barça askar onalariga soğlik, yurtimizga tinçlik tilaymiz hamda 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan muborakbod etamiz.
Robiya YÖLDOŞEVA, Raşan BAHROMOV, M.ŞOMURODOV surat-lavhasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶