TIBBIYoT TIZIMI INSON QADRI VA SALOMATLIGI UÇUN XIZMAT QILADI
Hozirgi kunda tumanda 415-örinli markaziy şifoxona, 1 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika, 9 ta oilaviy poliklinika va 4 ta oilaviy şifokorlik punkti faoliyat yuritmoqda. Har bir oilaviy poliklinikada qöşimça iş örinlari oçilib, tor doiradagi mutaxassislar faoliyati ham yölga qöyildi. Tumanning olis va çekka hududlarida jami 11 ta “Mahalla tibbiyot punkti”, 91 nafar şifokor, 328 nafar örta tibbiyot xodimlaridan iborat bölgan 91 ta “Tibbiyot brigadalari” taşkil etildi.
2022-yil 11 oy davomida 3246 nafar nikohlanuvçi şaxs tibbiy körikdan ötkazilib, ular orasida kasalligi aniqlanganlarga davolaniş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Markaziy şifoxonada 11 oy davomida 3333 ta jarrohlik amaliyoti ötkazildi. Undan taşqari, 40 va undan katta yoşdagi 57 131 nafar aholi skrining tekşiruvdan ötkazilib, kasalligi aniqlangan bemorlar ambulator va statsionar şaroitda soğlomlaştirildi. Respublika Ixtisoslaşgan tibbiyot markazlariga 682 bemorga elektron yöllanmalar berildi.
Şuningdek, 70 691 nafar bolalar tibbiy körikdan ötkazildi va yuqumli kasalliklarning oldini oliş böyiça ehtiyotdan emlaş muolajalari kalendari asosida 55 622 nafar bolalar emlandi. Tuğma yurak nuqsoni bölgan 35 nafar bolaga jarrohlik amaliyoti reja qilingan bölib, 15 nafari operatsiya qilindi.
Hisobga olingan 5179 nafar homilador ayollar tuman perinatal skrining xonasida UTT dan, 820 nafari Orol böyi skrining markazida tekşiruvdan ötkazildi.
Tibbiyot birlaşmasida bolalar reanimatsiya bölimi va 2 ta şoşilinç pediatriya brigadalari faoliyat yuritmoqda. Bemor bolalarga malakali tibbiy yordam körsatiş maqsadida 2 ta IVL, 2 SPAP apparati, 4 ta oksigenator va 5 ta markaziy kislorod yetkazib beriş nuqtalari bor, 1 oçiq kuvez, 2 ta yopiq kuvez, 4 dona linimat, 3 dona monitor, 2 dona otsos, 1 dona defibrilyator, 1 ta funktsional karovat mavjud. Tuman hokimligi tomonidan ham bolalar reanimatsiyasi bölimiga oğir ahvolda va muddatidan oldin tuğilgan çaqaloqlarga yordam körsatiş, parvariş qilişga möljallangan SIPAP apparati, tuğruq kompleksiga oğir ahvoldagi ayollarning hayotini saqlab qoliş uçun IVL – sunʼiy nafas beriş apparati, funktsional karovatlar olib berildi.
2022-yil davomida QRSSV hisobidan 25 mln. 444,05 ming sömlik 9 dona jihozlar, byudjet mablağlari hisobidan 219 mln. 999,99 ming sömlik 1 dona rentgen digitayzer apparati, 292 ming sömlik 1 dona narkoz apparati, 97 mln. 880 ming sömlik 1 dona operatsiya çiroği, 23 mln. 900 ming sömlik 1 dona analizator IFA, 24 mln. 500 ming sömlik 1 dona analizator, 239 mln. 840 ming sömlik 1 dona IVL apparat, 238 mln. sömlik 1 dona IVL, 54 mln. 268,5 ming sömlik 10 dona funktsional karovat olindi.
Yil davomida Tölqin, Qizilçoli ovullaridagi OŞPlarda, 71-sonli oilaviy poliklinika binolarida joriy taʼmirlaş işlari bajarildi. Qiymati 15 mlrd. sömlik 90-örinli yangi tuğruq bölimi binosini quriş işlari esa “Temir beton” MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda.
Yangi Özbekistonning 2022-2026-yillarga möljallangan taraqqiyot strategiyasida tibbiyot tizimini rivojlantiriş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş, sohani aholiga yanada yaqinlaştiriş, bir söz bilan aytganda, xalqimizni rozi qiliş boş mezon etib belgilangan. Şu sababli soha rivojiga hissa qöşiş, xalqimiz salomatligini taʼminlaş kelgusi yillarda ham eng asosiy vazifamiz bölib qolaveradi.
F.Abdullayev, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶